Z.R.QODIROVA, Xalqaro pedagogika Akademiyasining akademigi, falsafa fanlari doktori, professor
Taqrizchilar;
Pedagogika fanlari doktori, professor: Sh. Q. Mardonov Psixologiya fanlari doktori, professor: N. S. Safaev
ISBN: 978-9943-24-220-3
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi “274" - sonli buyrug'iga asosan O'zbekiston Respubli- kasi Vazir/arMahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'Ijallangan Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomil- lashtirish vazifalari belgilab berildi.
Bu muammolarni to'laqonli hal etishda o'qituvchi-peda- gogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim aha- miyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ish- larni pedagogik tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu ta- lablar pedagogika oliy o'quv yurtlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluq- li bo'lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
"Maktabgacha pedagogika” fani bo'yicha tayyorlangan ush- bu darslikda ana shu nazariy-metodologik asoslarga tayanilgan holda asosiy e’tibor - maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari, uning ilmiy-tadqiqod metodlari, maqsad va vazifalari, maktabgacha ta'lim didaktikasi, O'zbekistonda maktabgacha ta'limning vujudga kelishi, rivojlanishining asosiy bosqichlari, ta'lim sohasi bo'yicha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy qonun hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama tar- biyalashning o'ziga xos xususiyatlar, shakl va usullari, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning nazariy asoslari, oila, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik alo- qalari, turli xil maktabgacha ta’lim muassasalari ishini tashkil etish, ularga rahbarlik qilish va maktabgacha ta’lim tizimi to- monidan nazorat qilish kabi masalalar tahliliga qaratilgan.
Darslikda ilk bor maktabgacha pedagogika fanining vujudga kelish tarixi, maktabgacha ta’lim didaktikasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyati, "Bolalar huquqlari to'g'risida
3
Konvensiya"ni ta’lim-tarbiyaviy jarayonga qo'llashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilganligi ushbu manba nufuzini oshiradi.
Shuningdek, mazkur masalalar bo'yicha chet davlatlarda pedagog-psixolog va olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bo'yicha fikr va mulohazalari ham o'rin egallagan.
Darslikda ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan tarbiya an’analari va aqidalari, metodi va yo'1-yo'riqlari nazariy jihat- dan tahlil qilingan. “Maktabgacha pedagogika”ning nazariy asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan, Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Mazkur masalalar mantiqan bir-biri bilan uzviy bog'liq hol- da izchil tadqiq etilishi maktabgacha pedagogika sohasida amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlar- ni tashkil etishda yangicha yondashuvni taqozo etadi. Bu hoi asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g'oyaviy-nazariy da- rajasini ta'minlashga, uning mazmunini umumiy pedagogika fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va nazariy qoidalar negizida talabalarni kasbiy tayyorlash va mal- akalarini o'zlashtirishga imkon yaratadi.
“Maktabgacha pedagogika” fanini o'rganish orqali talabalar tug'ilgandan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni oilada va maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari mazmu- ni va metodlarini, uni tashkil etish shakllarini, bolalarning maktabga tayyorgarligining samarali metodlari, maktabgacha ta’lim tizimi shakllanishining tarixiy jihatlari, maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish tamoyillari, ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash va nazorat qilish masalalari haqida ma’lumotga ega bo'ladilar.
Bu masalalarni chuqur va har tomonlama o'rganishda pedagogika fanlari asoslari va umumiy nazariy-metodologik qoidalarga tayanilgan. Maktabgacha pedagogika fanining g'oyaviy-nazariy darajasini ta’minlashga, uning mazmunini
4
pedagogika fani sohasida qo'lga kiritilgan ilmiy-nazariy yutuq- lar xulosalar negizida yoritishga imkon beradi.
Ushbu darslikning har bobida tayanch iboralar, nazorat va test savollari, zamonaviy pedagogik texnlogiyalar asosi- da yaratilgan ishlanmalar, ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar ro'yxati taqdim etilgani talabalarning har bir mavzuni chuqur o'zlashtirishi va mustahkamlashga, shuningdek, ularda o‘z us- tida mustaqil ishlash ko'nikmasining hosil bo'lishiga xizmat qiladi.
Ushbu darslikni yaratishda mustaqillikyillarida mazkur so- hada faoliyat yuritgan yetuk olim va mutaxassislar tomonidan chop etilgan ilmiy-uslubiy manbalardan foydalanildi.
Darslik maktabgacha ta'lim yo'nalishi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha pedagoglar, maktabgacha ta'lim muassasalari, metodistlari, pedagogika universiteti, institut- lari talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo'lib xizmat qiladi.