Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari ularning ixtisoslashuviga (yo'nalishiga) ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: tur: Nutqida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
tur: Eshitishida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
tur: Ko'rishida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
tur: Psixik rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi;
tur: Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
tur: Tayanch-harakatlanish a’zolarida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi.
Sil intoksikatsiyasi mavjud bo'lgan bolalar uchun - 15-20 bola;
Murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) bolalar uchun - 8-10 bola;
Rivojlanishida boshqacha nuqsonlari (endikrin kasalliklar) mavjud bo'lgan bolalar uchun - 15-20 bola.
519
Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o'tgan bolalar bilan to'ldirish o'quv yili oxirida (avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to'ldirish esa o'rinlar bo'shashiga qarab amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi o'quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o'quv yili boshlangunga qadar sog'lomlashtirish davri boshlanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi maktabgacha ta'limni boshqarish organlari yoki qaramog'ida ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi bo'lgan korkabinet, muassasa, tashkilot tomonidan komplektlanadi. Mahalliy boshqarish organlari qarori bilan komplektlashning boshqa tartibi qabul qilinishi mumkin.
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga va ixtisoslashtirilgan guruhlarga yo'Ilash respublika, viloyat,
520
\
shahar, tuman tibbiy yordam-pedagogika komissiyalari, sanatoriya tipidagi maktabgacha ta'lim muassasalariga esa hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan yo'llanma beriladi.
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqarish maktabgacha ta'lim kengashi tomonidan quyidagi holatlarda: bolaning mazkur maktabgacha ta'lim muassasasida qolishiga to'sqinlik qiluvchi tibbiy yordam xulosasi asosida; bola maktabgacha ta’lim muassasasiga sababsiz bir oydan ko'proq vaqtmobaynida qolmasa, unga xizmat ko'rsatish uchun haq to'lashning belgilangan muddatidan ikki hafta o'tib ketsa; ota-onalar yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslar xohishiga qarab amalga oshiriladi. Ota-onalar bolaning chiqarilishi haqida 7 kun oldin xabardor qilinadilar.
Ota-onaning ish joyi o'zgarishi munosabati bilan bolani maktabgacha ta'lim muassasasidan chiqarish, agar bu lozimnomada ko'rsatilmagan bo'lsa, qat’iy man etiladi.
Tarbiyachilar va ota-onalarning bu me'yorlariga asoslangan munosabatlari amaldagi qonunchilik va bola maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilinayotganda tomonlarning o'zaro
521
Maktabgacha ta'lim muassasasi tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o’tkaziladi. Quyidagilar:
davlat boshqaruv organlari
mahalliy davlat hokimiyati organlari
davlat korxonalari
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilodari davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining muassislari bo'lisfii mumkin
Maktabgacha ta'lim muassasalari o'z ishining o'ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo'linadi:
ixtisolashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo'lgan bolalar uchun);
'-‘O'zbekiston Respublikasi Davlat «Maktabgacha ta'lim mussasasi to‘g‘risida»gi Nizom. -Т.: 2017.
522
sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asosratlarga ega bo'lgan bolalar uchun);
Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z ustaviga, bank muassasalarida hisob raqamiga, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi ko'rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko'rsatilgan shtampga ega bo'ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi belgilangan davlat me'yorlariga va maktabgacha ta'lim muassasasiga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o'qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog'lomlashtirishni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta'lim mazmuni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z (mualliflik) dasturidan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining ish kun tartibi iva u yerda qancha vaqt bo'lishi Maktabgacha ta'lim muassasasi ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kecha-yu kunduz faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'yiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni o'qitish va tarbiyalash davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta'lim muassasasiga yuklanadi hamda O'zbekiston Respubliksida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va me'yorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish ham, shtatdagi tibbiyot xodimlari ham Maktabgacha ta'lim muassasalariga