Maktabgacha pedag


Maktabgacha ta'lim muassasasi binolarini loyihalashtirish



Download 1,71 Mb.
bet191/260
Sana30.08.2021
Hajmi1,71 Mb.
#159917
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   260
Bog'liq
F

Maktabgacha ta'lim muassasasi binolarini loyihalashtirish

Maktabgacha ta'lim muassasasi maxsus loyiha bo'yicha qurilgan yoki moslashgan sanitariya-gigiyena me’yorlariga, yong'in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan va ob-havo sharoitini, ekologik vaziyatini, tarkib topgan milliy an'analarni hisobga oladigan binoda tashkil etiladi.

Maktabgacha ta’lim muassasasining sig'imi, odatda 320 o'rinli bo'lishi kerak. Umumiy yo'nalishdagi maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 140-160 o'rinni, maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 90-120 o'rinli muvofiq deb hisoblash zarur.

Maktabgacha ta'lim muassasasi amaldagi me'yortivlarga muvofiq yumshoq va qattiq sport jihozlari, tibbiy yordam apparati, ta'limning texnik vositalari, o'quv-ko'rgazmali qo'llanmalar hamda o'yinchoqlar bilan ta'minlanadi maktabgacha ta'lim muassasasini jihozlash ro'yxatiga milliy anjomlar ham kiradi.


535





Maktabgacha ta'lim muassasasi ish tartibi ijroiya qo'mita maktabgacha ta’lim boshqarmasi yoki qaramog'ida maktabgacha ta'lim muassasasi bo'lgan korkabinet, muassasa, tashkilot tavsiyasiga muvofiq maktabgacha ta’lim kengashi, maktabgacha ta’lim muassasasi kengashi bilan kelishilgan holda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori bilan belgilanadi. 1

Maktabgacha ta’lim muassasalari yoki uning ayrim guruhlari haftasiga 5, 6 va 7 kun kunduzgi va bolalar sutka mobaynida bo'ladigan, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari bilan, shuningdek, xodimlarga sirg'aluvchi grafik bo'yicha dam olish kuni beriladigan kun tartibida ishlashlari mumkin.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida kuni uzaytirilgan kun, shuningdek, shanba, yakshanba va bayram kunlari kun tartibida ertalab va kechki vaqtda ishlovchi navbatchi guruhlar ochilishi mumkin.

Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyat kun tartibii zarur to'g'rilash-tarbiya- viy ishlar olib borishni hisobga olgan holda belgilanadi.

O'zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’lim muassasalarini hal etish maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlarini tashkil etilgan ham aloqadordir. Ular tilga ko'ra (o'zbek, qozoq, rus, tatar, koreys va shu kabilar) farqlanishi va bu muassasalarda ta’lim-tarbiyaning milliy an’analarga asoslanib ko'rilishi lozim.

Maktabgacha ta'lim muassasalari bolaning muassasada bo'lishiga qarab bir necha soatni, bir necha kunni;

Tarbiya vazifalariga ko'ra esa ijodiy, yordamchi, umumiy, ijtimoiy moslashtirilgan bo'ladi.

Mablag' bilan ta'minlanishiga qarab: davlat, idora, xususiy va hokazo.

Ijtimoiy maktabgacha ta’lim muassasalari qishloqlari muassasasida 40-100, shahar muassasasida 140-170 o'rindan oshmasligi ko'zda tutiladi.


536





Maktabgacha ta'lim muassasasi, shu jumladan, uning ayrim guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi ota- onalarning ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u ertalabki 6.30 dan barvaqt bo'lmasligi kerak.

Maktabgacha ta'lim muassasasida ota-onalar arizasi bo'yicha xalq deputatlari kengashi qarori bilan, shu jumladan, lozimnoma va xo'jalik hisobi asosida ish 6 soatdan kam davom etilgan qisqa muddatli guruhlar; ota-onalar bolalarini 1-2 soatga qoldiradigan guruhlar; sayr guruhlari; jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish guruhlari; musiqa-estetik va badiiy tarbiyalash, aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun xo'jalik hisobi asosida ishlaydigan guruhlar ochilishi mumkin. Bunda mazkur maktabgacha ta'lim muassasasiga muntazam qatnaydigan bolalarning manfaatlari kamsitilmasligi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasining ta’lim tili O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonuniga muvofiq belgilanadi.

Ota-onalar o'z bolalarini maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarini ilgaridan ogohlantirilgan holda o'zlari uchun qulay paytda olib kelishlari va olib ketishlari mumkin. Shu bilan birga, ota-onalar maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar hayotining fiziologik asoslangan kun tartibiga rioya qilishlari va o'quv-tarbiya jarayonini buzmasliklari lozim.

Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni ovqatlantirish uning ish kuni davomiyligini hisobga olgan holda va belgilangan pul hamda tabiiy me’yorlarga muvofiq tashkil qilinadi. Bolalar

  1. va undan kam soat mobaynida bo'ladigan guruhlarda ovqatlanishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Bu guruhlarda ovqatlantirish uchun pul me’yorlari xalq deputatlari kengashlari va qaramog'ida ushbu maktabgacha ta’lim muassasasi bo'lgan korkabinet, muassasa, tashkilot, xo'jalik hisobi asosida tashkil qilingan guruhlarda ota-onalar tomonidan belgilanadi.


537



Maktabgacha ta'lim muassasasi:

  • o'z Ustavida nazarda tutilgan funksiyalarning bajarilma- ganligi;

  • ta'lim aasturining to'liq hajmda bajarilmaganligi, amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlarining sifati;

  • ta'lim jarayonini tashkil etishning qo'llanilayotgan shakllari, metodlari va vositalarining bolalarning yosh, ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, qobiliyatiga, layoqatiga, qiziqishlariga va ehtiyojlariga nomuvofiqligi;

  • muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning ta’lim jarayoni vaqtida hayoti va sog'lig'i uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish