Maktabgacha pedag



Download 1,71 Mb.
bet56/260
Sana30.08.2021
Hajmi1,71 Mb.
#159917
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   260
Bog'liq
F

Perseptiv qobiliyat - bolalarning ruhiy holatini his qilish, tushuna olish orqali yuzaga chiqariluvchi qobiliyat.


182



Nazorat uchun savollar:

  1. Sensor tarbiyaning asosiy vazifasi qaysilar?

  2. Sensor tarbiyaning asosiy usuli nima?

  3. Sensor tarbiyaning maqsadi nimalardan iborat?

  4. Maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimlarining necha foizi sezish orqali idrok etiladi?

  5. Ta'limni amalga oshirish yo'Ilarini izohlang?

  6. Mashg'ulot jarayonini amalga oshirish tamoyillarini yo- riting?

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalari qaysilar?

  1. bolalarda tabiat va jamiyat to'g'risidagi bilimlar sistema- sini, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish

  2. bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish

v) bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy ko'nikma va malakalarni, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish g) hamma javoblar to'g'ri

  1. Ta’limni necha xil yo'l bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq?

  1. 4 xil yo'l bilan

  2. 2 xil yo'l bilan

v) bir necha xil yo'l bilan g) 1 xil yo'l bilan

  1. Mashg'ulot qanday tuzilishga ega?

  1. mashg'ulotning maqsadi, yakuni

  2. bolalarni uyushtirish, asosiy qism, yakunlovchi qism v) mashg'ulotning borishi

g) hamma javoblar to'g'ri

  1. Didaktik maqsadga ko'ra mashg'ulot turlarini ko'rsating.

  1. bolalarga yangi bilim beruvchi


183





  1. bolalar bilimlarini tekshiruvchi-sinovchi v) mujassam, kompleksilan g) hamma javoblar to'g'ri

  1. Sensor tarbiyaning asosiy usuli nima?

  1. tekshirish

  2. so'zlash v) ko'rsatish g) tushuntirish

  1. Sensor tarbiyaning vazifalari qaysilar?

  1. bolalarda perseptiv harakatlarni shakllantirish

  2. sensor etalonlar sistemasini shakllantirish

v) perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy faoliyatda mustaqil foydalanish g) hamma javoblar to'g'ri


  1. Sensor tarbiya qaysi tarbiyalarning asosi hisoblanadi?

  1. aqliy estetik, jismoniy, mehnat

  2. axloqiy huquqiy v) iqtisodiy, axloqiy g) ekologik, aqliy

  1. Sensor so'zi nimani anglatadi?

  1. sezgi, tuyg'u

  2. sezish qobiliyati v) idrok

g) hamma javoblar to'g'ri


184



  1. BOB. AXLOQIY TARBIYA


Axloqiy tarbiyaning nazariy asoslari


Axloq so'zi - lotincha «myeros», ya’ni moral, mantiq so'zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat’iy yozib qo'yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalari- dan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay har qanday vaziyatlarda o'zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma'naviy motivlar shakllan- gan boiadi. Bu motivlar esa o'sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnat- ga, o'ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ong- li ravishda o'zlashtirib olishgina o'quvchilarga atrofdagi kishi­lar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.



Axloqiy tushunchalaming turli yosh davrlarida shakllanish darajasi


у





Axloqiy

qadriyatlar




>





185





Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, muayyan jami­yatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo'lgan ma'lum xat- ti-harakat qoidalari yig'indisidir.


Axloq odamlarning bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xat- ti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo'ladi.

Axloq - kishining ichki olami, e'tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo'lsa, odob - shaxsning ko'zga tashlanadigan muloza- mati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo'ladi.

Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axloq malasalari markaziy o'rinni egallab kelgan. Шаг axloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar. Shuning uchun jamiyatning har bir a'zosiningxulqi-odobiga alohida e'tibor bilan qaraladi.

Muqaddas Qur'oni Karimda va payg'ambarimiz Muhammad Alayhissalomning hadislarida insoniy axloq-odobning barcha qirralari o'z ifodasini topgan.

Quyidagi hadislarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobi- ni ham yaxshilangizlar», «Men barcha yaxshi axloqni takomil­lashtirish uchun yuborilganman», «Mo'min kishida quyidagi ikki xislat bo'lmasligi kerak: baxillik va axloqsizlik».

Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilm-u ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti deb bilganlar.

Albatta, ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma'naviyatini boyitadigan eng muhim omildir»7.

Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari shaxsiy, oila- viy va fuqarolik axloq asoslarini o'z ichiga olgan. U 40 bob- dan iborat. Muallif asarda adolat, sabr, yoqimlilik, hayo, odob, ishonch, va'daga vafo qilish masalalari haqida so'z yuritadi.

Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida axloqiy muammolar, ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Asarni yozishda muallif Arastu, Aflotun, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sinolar-


7Karimov LA. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - Т.: Ma'naviyat, 2008.


186





ning axloqiy ta’limotlaridan foydalangan. Risola uch qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida xulqiy tarbiya va axloqiy xislat- larni egallash haqida so'z yuritib, axloqning asosiy tushuncha- lari: donolik, adolat, iffatga mufassal to'xtalgan, axloq ilmining maqsad va vazifalari belgilab berilgan. Ikkinchi qism oila va oilaviy hayot masalalariga bag'ishlangan. Unda bolalarni tar­biyalash va kamolga yetkazish, kasb-hunarni egallash yoriti- ladi. Uchinchi qism ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan.


Ahmad Yugnakiyning «Hibbat-ul-haqqoyiq» asari taiimiy- axloqiy yo'nalishda yozilgan bo'lib, bilimlilik, adolat, saxovat kabi xislatlar ulugianadi, yetuk insonni tarbiyalash g'oyasi il- gari suriladi.

Amir Temur «Axloqiy Husniya» - yaxshi xulqlar ega­si boigan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ish- ga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma- shosharlik va adolatsizlikka yoi qo'ymagan. Amir Temur sin- gari jahon ma’naviyati saltanatida o'z o'rinlariga ega boigan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go'zal xulq haqidagi fikr- lari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi.

Amir Temurning vasiyatlaridan xalqiga cheksiz sodiqligi- ni, millatini ulugiaganini, ozodlik uchun kurashuvchan, axloq­iy madaniyati yuksakligini ko'rish mumkin: «Millatning dardi- ga darmon boiing. Zaiflarni qo'riqlang, yo'qsinlarni boylar zul- miga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo'lsin».8

Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etgan yodgorliklar orasida Xorazm vohasi hududida yaratilgan be- baho ma’naviy obida «Avesto» kitobi alohida o'rin tutadi. Ana shunday oimas asori-atiqalar bu ko'hna oikada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlik beradi. «Avesto»ning tub ma’no-mohiyat­ini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan


8A.Temuro‘gitlari. - Т.: Navro'z, 1992.


187





tamoyilni oladigan bo'lsak, unda hozirgi zamon uchun ibrat bo'ladigan axloqiy saboqlar borligini ko'rish mumkin.


Ma’lumki har bir xalqning o'z afsonaviy qahramonlari, pahlavonlari bo'ladi. Shu ma’noda xalq og'zaki ijodining noyob durdonasi bo'lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o'zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o'tib ke- layotgan qahramonlik qo'shig'idir. Bu mumtoz asarda tarix to'fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini saqlagan, el-yurtimizning bag'rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi axloqiy fazilatlari o'z ifodasini topgan. Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlari- dan saboq beradi9.

Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi- ning «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to'g'riso'zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o'sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alo­hida e'tibor beriladi.

A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahami- yat berilgan.

«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog'idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy.

A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid g'oyalar ilgari surilgan. Insonparvartik g'oyalari ulug'langan.

Pedagogika fani yosh avlodni axloqiy rivojlanishida tarbi­ya va ta'limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhi- yatga oid tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, Maktabga­cha ta'lim davri bolaning ma'naviy shakllanishida eng muhim bosqichidir. Shu davrda ma'lum maqsadga qaratilgan ta’lim- tarbiya ta'sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlay- di. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shak­li yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabat- larida egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish muhimdir.


9 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Т.: Ma’naviyat, 2008.


188




\

4





Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish