22 - MA’RUZA: INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI Reja: 1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnolgiyalarini o‘qitishning maqsadi va vazifalari 2. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda informatika va axborot texnolgiyalarini o‘qitishning maqsadi va vazifalari. Maqsadni belgilash Maqsadni belgilash – texnologiyalashtirishning asosiy omili hisoblanib, pedagogik texnologiyani loyihalashtirish, o‘quv jarayonini tuzish hamda tashkillashtirish shundan boshlanadi. Maqsad – ko‘zlanayotgan natija modeli ko‘rinishidagi muhim yo‘nalishning mahsuli. Maqsad - faoliyat natijasini nihoyatda oldindan bilish. Bu esa, ta’lim subyektlarining faoliyat yakunida egallashlari ko‘zlanayotgan narsadir. NATIJA 1) o‘quv faoliyatida olingan natija ta’lim oluvchining rivojlanishida oldinga siljish bo‘lib, bu uning u yoki bu faoliyatida o‘z aksini topadi; 2) o‘quv jarayonining samarali borishini namoyon qilib, maqsadga erishilganlik darajasini xususiyatlaydi: ta’lim berish va ta’lim olish jarayoni natija maqsadga mos kelgandagina tugaydi. Maqsadni belgilash samaradorligi o‘qitish natijalarini belgilangan maqsadga mos kelish darajasi bilan aniqlanadi (1-jadval).
O‘quvchilar tomonidan BMK o‘zlashtirish darajasi
|
Ularga erishishning maqsad va natijalarini ifodalanishi.
O‘quv faoliyatini baholash mezonlari
|
I.
Bilishlikka oid (tanish bo‘yicha harakatlanishi)
|
Ta’lim maqsadi: ...to‘g‘risida tushunchalarni shakllantirish.
Natijalar:
- (ma’lum, tanish narsani o‘zgartirishsiz, umumiy taxminlarni) tushuntiradi, aytadi, sanab o‘tadi;
- (o‘z so‘zlarida) qaytarib beradi;
- tashqi belgi va xususiyatlari bo‘yicha biladi, taniydi;
- (so‘zma-so‘z) yozadi.
Baholash mezoni: axborotni xatosiz qayta takrorlaydi.
|
II. Algoritmli (namuna, o‘xshashlik bo‘yicha harakatlanish)
|
Ta’lim maqsadi: ...to‘g‘risida bilimlarni shakllantirish, nazariy bilimni o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash, harakatlarni algortim bo‘yicha bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish, (rivojlantirish, mustahkamlash).
Natijalar:
- asosiy fikrni ajratadi;
- baho beradi, yakun yasaydi, isbotlaydi, tasniflaydi;
- tushuntiradi, asoslaydi, umumlashtiradi, ishonchli dalillar keltiradi, taqqoslaydi, xulosalar chiqaradi;
- mustaqil vazifalarni yechadi;
- tanish sharoitlarda (namuna) tayyor ketma-ketlik bo‘yicha harakatlarni bajaradi: o‘lchashlarni o‘tkazadi, sinaydi; tekshiradi, (tizimlarni, jihoz va boshqalarni) tashxis qiladi; yechadi, yig‘adi; texnik topshiriq, chizmalarni o‘qiydi; ishlab chiqarish ishlarini bajaradi, (jihozlarni) ishlatadi va boshqalar;
- referat tayyorlaydi, tuzadi va grafik, sxema, jadvallarni o‘qiydi.
Baholash mezonlari: harakatlarni asos bilan namunali o‘rgangani bo‘yicha o‘qituvchi rahbarligi ostida bajaradi.
|
III. Evristikli (harakatlarni tanlash)
|
Ta’lim maqsadi: ... shaxsiy faoliyat tartibini tashkil etish va shu bo‘yicha mustaqil ijodiy izlanishni olib borish va bilimlarni izlab topish, ularni yangi holatlarda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
Natijalar:
- shaxsiy faoliyatini rejalashtiradi va tashkillashtiradi;
- kerakli axborotni topadi, tanlaydi, qo‘llaydi va yangidan hosil qiladi;
- yasaydi, murakkablashtiradi, soddalashtiradi; sinaydi;
Baholash mezoni: yangi holatda faoliyat yuritish qobiliyatini ko‘rsatadi, yangidan hosil bo‘lgan bilimlari asosida harakatlarni bajaradi, shaxsiy faoliyatini mustaqil tuzadi.
|
IV. Ijodkorlikka oid (harakatlar-ni izlash)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |