Maktabgacha pedag



Download 1,71 Mb.
bet52/260
Sana30.08.2021
Hajmi1,71 Mb.
#159917
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   260
Bog'liq
F

Bilishga doir ruhiy jarayonlami rivojlantirish: sezgi, idrok xotira, xayol, tafakkur, nutq. Bilishga doir ruhiy jarayonlami rivojlantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir.


Aqliy malaka va ko'nimalami rivojlantirish. Aqliy ko'nikma va malakalami rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlami tekshirishni ulardagi muhim va muhim bo'lmagan belgilarini ajratib ko'rsatish, boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko'nikma- malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo'lib, bolaning bilimlarini chuqur egallab olishga yordam beradi.


Bilishga qiziqish va aqliy qobi- liyatlami aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. Bolalar bog’chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifasi turibdi.


Aqliy mehnat madaniyati aqliy faoliyatning maxsus malaka­lari va ko'nikmalarini, kitob bilan ishlash ko'nikmalarini egal-



161





lash darajasi, ilmiy bilish usullari va metodlarini, turli yordam- chi vositalardan foydalanish bilan ham bog'liqdir. Aqliy tarbiya vazifalaridan har biri maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbi- yalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo'lgan bir qancha vazifalarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.


Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qay darajada rivojlanganligini bolaning aqliy ko'rsatkichining yuqoriligida ko'rish mumkin.

Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berishning o'ziga xosligi



Ta’lim - maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatla- rining muntazam rejali ravishda rivojlantirib borish, MTMning ta’lim-tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar siste- masi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni shakllan- tirishdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o'ynaydi. Ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim - bo­lalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini ri- vojlantirishni nazarda tutadi.

Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkov- lik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yor­dam beradi. Ta'lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini mu- vaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTMda bo­lalarga madaniy - gigiyenik ko'nikmalar, asosiy harakatlar o'rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o'zlashtirib oladi­lar.

Ta’lim jarayonida bolalarda o'quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’limni ikki yo'l bilan amalga oshi­rish maqsadga muvofiqdir:


162




Ko'rgazmali

Og'zaki

Amaliy

O'yin metodlari

Kuzatish

Tushunish

Mashq

Didaktik o'yinlar

Ko'rsatish

Hikoya qilish

Mustaqil ish

Harakatli o'yinlar

TV dan foydalanish

So'zlab berish

Oddiy tajriba

Mashqli o'yinlar




0‘qib berish




Insenirovkalar




Suhbat




Kundalik axborot


Kuzatish metodi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar ko'rish, eshitish, sezish idrokla-



163





ri orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo'llaniladi.


Kuzatish - bolalarning narsa, voqealarning ma'lum maqsadi Dilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma’lum obyektlar- ni kuzatishda yetakchi o'rinni egallaydi.

Namoyish etish metodi. Bu metod tarbiyachi bolalar- ?a narsani o'zini yoki tasvirini ko'rsatadi. Bu bevosita ko'rib Do'lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, D'simliklar, kishilar hayoti bilan) qo'llaniladi.

Hikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta'sirchan ba- ^on qilish. O'rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o'qib Derish.

Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o'tkazilmaydi. 4-5 /oshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o'tkaziladi. 6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil mashg'ulot sifatida o'tkaziladi.


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish