Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
Bolalar, “G” tovushiga so’z top o’yinini o’ynaymiz. “G” tovushi undosh tovush. Men “G” tovushini aytganimda istagancha cho’zib ayta olmayman.
Og’zimni kuzating “G”. Tovushlar to’siqqa uchrasa, qisqa aytilsa undosh tovush deyiladi. “G’” tovushi qisqa aytildi, to’siqqa uchradi. Biz yana qanday undosh tovushlarni o’rganganmiz? (“N”, “L”,”Sh” “B”, “V”, “Q”, “G”…)
Bolajonlar, endi “Tez aytishni, ko’p aytish” o’yinini o’ynaymiz.
Guli guldonda gul keltirdi.
Tarbiyachi “G” tovushi so’z boshida kelgan rasmlarni (Gul, gulxan, gugurt...) ko’rsatadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda rasmlarni nomlaydilar.
Mashg’ulot yakunida bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |