Tetiklashtiruvchi mashq (ixtiyoriy)
“H” tovushi ishtirok etgan bo’g’inlarni talaffuz qilish.
Tarbiyachi ho, hi, ha, hu, ho’ bo’g’inlarini talaffuz qilib, bolalarga o’zi namuna ko’rsatadi. Bolalar tarbiyachi ketidan xo’r bo’lib aytadilar.So’ng yakka-yakka ayttiriladi.
HA- HA- HA HI-HI-HI
HO- HO- HO HU-HU-HU
Necha marta qarsak ovozini eshitsangiz, shuncha “ha” bo’g’inini talaffuz qiling.
Shu tartibda ho, hi, ho’ bo’g’inlari talaffuz etiladi.
“So’zlarni to’ldiring”o’yini
Has-sa, haykal, timsoh….
Amaliy mashq
“Rasmlarni nomlang” mashqi
Bolalarga oldilaridagi rasmlarni nomlash va “H” tovushini to’g’ri talaffuz qilish, so’zni bo’g’inga bo’lish kabi topshiriqlar beriladi. Bolalar so’zda necha bo’g’in bo’lsa , shuncha marta chapak chaladilar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
-U qanday tovush ekan?
-Bu tovushni nima qilamiz?
- Biz tovushlarni nima uchun o’rganamiz?
“H” tovushi ishtirok etgan so’zlarni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |