Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
Suratda qaysi fasl tasvirlangan?
Nima uchun shunday deb o’yladingiz?
Rasmda qanday mehnat turlari tasvirlangan?
Bolalar nima qilishyapti?
Kuz faslida qanday poliz ekinlari pishar ekan?
2-mashg’ulot
Mavzu: rasmlarni nomlash (F tovushi) va ular ishtirokida gap tuzish
Maqsad: Rasmlarni nomlaganda so’zdagi har bir tovushni to’g’ri talaffuz qilish. Bolalarga berilgan rasmlar asosida mustaqil gap tuzishga o’rgatish. So’zlar gapda bog’lanishi haqida tushunchalarini mustahkamlash.So’zlarni bo’g’inlarga bo’lish.
Vazifalar:
Rasmlar orqali gap haqida tushunchalarini mustahkamlash, lug’atni faollashtirish.
Bog’lanishli nutq—gap tuzish ko’nikmalarini shakllantirish.
Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.
Gapni so’zlarga bo’lishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |