Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
Bolalar, “V” tovushiga so’z top o’yinini o’ynaymiz. “V” tovushi undosh tovush. Men “V” tovushini aytganimda istagancha cho’zib ayta olmayman.
Og’zimni kuzating “V”. Tovushlar to’siqqa uchrasa, qisqa aytilsa undosh tovush deyiladi. “V” tovushi qisqa aytildi, to’siqqa uchradi. Biz yana qanday undosh tovushlarni o’rganganmiz? (“N”, “L”,”Sh” “B”…)
Bolajonlar, endi “Tez aytishni, ko’p aytish” o’yinini o’ynaymiz.
Vali varrak uchirdi,
Va xo-xolab kuldi.
Tarbiyachi “V” tovushining so’z boshida kelgan rasmlarni (Vatan, vagon, varrak, vanna..) kelgan rasmlarni ko’rsatadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda rasmlarni nomlaydilar.
Tarbiyachi mashg’ulot yakunida barcha bolalarni rag’batlantiradi.
6-mashg’ulot
Do'stlaringiz bilan baham: |