Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning bog’langan nutqi rivojlanadi.
Bolalar mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya tuzishni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Kun tartibidagi mehnat faoliyatini va boshqa jarayonlarni ifodalovchi suratlar
“Oila” o’yiniga kerakli jihozlar
Mashg’ulotning borishi
Tarbiyachi:
1. Kecha qanday kun edi?
2. Dam olish kuningiz yaxshi o’tdimi?
Kelinglar, hozir dam olish kuningiz qanday o’tganligi to’g’risida hikoya tuzamiz. Hikoya tuzishdan avval kichkina suhbat o’tkazib olamiz:
1. Kecha qanday kun edi?
2. Ob-havo qanday edi?
3. Siz qanday o’yinlar o’ynadingiz?
4. Ota-onangiz nima ishlar qilishdi?
5. Qaerga bordingiz?
6. Uy ishlariga yordamlashdingizmi?
Savol-javobdan so’ng tarbiyachi bolalarga hikoya tuzishni taklif etadi (3-4 bola hikoyalari tinglanadi).
Tarbiyachi bolalar bilan seriyali, mazmunli suratlar bilan ishlaydi.
Bunda bolalar kun tartibidagi mehnat faoliyatini va boshqa jarayonlarni izchillikda aytib berishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |