Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
Rasmda qanday mehnat turlari tasvirlangan?
Bolalar nima qilishyapti?
Yoz faslida qanday bog’ mevalari pishar ekan?
Oktyabr
1-mashg’ulot
Mavzu:”Quvnoq tilcha haqida ertak”
Maqsad: Bolalarning tovushlarni to’g’ri talaffuz etishlari uchun zarur bo’lgan artikulyastiya a’zolarini to’liq, aniq harakatga keltirish, artikulyastion mashqlarni ertak asosida bajartirish.
Kutilayotgan natijalar:
Artikulyastion mashqlarni ertak asosida bajaradilar.
Kerakli jihozlar:
Mavzuga mos rasmlar
Mashg’ulotning borishi
Tarbiyachi: bolalar men sizga “Quvnoq tilcha” haqida yana bir ertak aytib bermoqchiman.
Quvnoq til haqida ertak.
Bor ekan, yo’q ekan, bir quvnoq tilcha bo’lgan ekan. U erta tongda uyg’onib, eshikni ochibdi. Quyoshni ko’rish uchun avval o’nga, so’ng chapga, pastga, yuqoriga qarabdi (og’izni ochib til harakatlantiriladi) va eshikni berkitibdi. (og’iz yopiladi) Derazani yana ochibdi. Kun isiy boshlabdi. (o’… o’…) Birdan kun sovuy boshlabdi. (d…d…) Eshikni yopibdi. Eshikni ochibdi. (“nnn” va qo’l harakatlanadi) Til yuvinish xonaga kiribdi. Chiroqni yoqibdi, (chiq) suvni ochibdi (chiq… chiq… chiq… barmoqlar harakatlanadi). Issiq suvni burabdi (shshsh). “Voy” – deb qo’lni issiq suvdan tortib olibdi (qo’rqish holati ko’rsatiladi). Jo’mrakning qaysi tarafini burashi kerak? – Ha, to’g’ri sovuq suvni burash kerak (chiq… chiq… chiq.. barmoqlar harakatlanadi. Issiq suv bilan sovuq suv aralashib iliq suv oqa boshladi (“sss”). Tish cho’tka yordamida tishlarni yuvdi (mashq bajariladi). Til tishlarni yaxshilab yuvdi (tilni lab ustidan aylana harakatlantiriladi). Sovuq suvni to’xtatdi (chiq… chiq… chiq…). Issiq suvni ham to’xtatdi (chiq… chiq... chiq…). Til yuvinish xona eshigini yopdi (“nnn”). So’ng nonushta qilish uchun oshxonaga kirdi. Oshxonada onasi quymoq pishirayotgan edi. –Assalomu alaykum oyi, - dedi xursand bo’lib. – Men sizni judayam yaxshi ko’raman - ,dedi til. – Men ham seni yaxshi ko’raman. Menga qarashib yubor (mashq). Onasi quymoqni pishirib, tilga berdi (“Quymoq mashqi”). Nonga murabbo qo’shib edi. (“Shirin murabbo” mashqi). Stakandan sut ichdi (mashq) va onasiga rahmat aytdi. – Oyijon, bir oz o’ynab kelsam maylimi? deb so’radi. –Ha boraqol, faqat tushlikka kechikma, -dedi onasi. Til uyning yon tomoniga o’tdi. Uyning atrofi yog’och panjara bilan to’silgan. (“To’siq” mashqi) Tomning trubasiga ko’zi tushdi. (“Naycha” mashqi) Unda Quvnoq shamol yashaydi. Uvvv! Salom tilcha! –dedi shamol. Tilcha yugurganicha otxonaga kirib, sevimli toychag’i oldiga bordi. Salom toychoq –dedi tilcha. “Ioo-ioo” xursand bo’ldi toychoq. Toychoqqa minib aylangani ketishdi. Til hayvonot bog’iga keldi. U erda do’stlari: sergap kurkani (bl – bl – bl mashq) qaysar ho’tikni (“ia-ia”) uchratib qoldi. Do’stlar birgalashib avtomobilga o’tirishdi. (“drrrr”) muzqaymoq eyishdi. (til harakati mashqi) pufak puflashdi (mashq) Hayvonot bog’idagi fil kunning issig’idan hartumini suvga solib, suv yig’di. (mashq) Tilning soatiga nazar solsa, soat to’xtab qolibdi. Soatni yurgazishi kerak. (“chik-chik” mashqi) –Voy, meni onam kutyapti-ku, -deb uyi tomon yugurib ketdi. Til haqida shunaqa gaplar. Siz o’zingiz haqingizda ertak to’qiy olasizmi?
“Shirin murobbo” mashqi
Do'stlaringiz bilan baham: |