5-mashg’ulot
Mavzu: Shaxsiy hayot (tajriba)dan hikoya tuzish “Цirkda”
Maqsad :
Bolalarning shaxsiy hayot (tajriba)lari asosida, tarbiyachi taklif etgan hayotiy mavzular bo’yicha mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya tuzish qobiliyatini rivojlantirish.
Vazifalar:
Bog’langan nutqni rivojlantirish.
So’zlarni aniq va burro aytish.
So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish.
Rasmga qarab 2-3 so’zdan iborat gap tuzishni mashq qilish.Gaplarni so’zlarga ajratish
So’zlarni tanlab qo’llash ko’nikmasini o’stirish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar shaxsiy hayotiy tajribalari asosida mantiqiy hikoya tuzishni o’rganadilar.
Hikoyada voqealarni so’zlarda to’g’ri qo’llash ko’nikmasini egallaydilar.
Rasmga qarab 2-3 so’zdan iborat gap tuzish, gapda so’zlarni ketma-ketligini aniqlashni o’rganadilar
Kerakli jihozlar:
O’yinchoq kuchukcha, turli rasmlar
Do'stlaringiz bilan baham: |