Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning bog’langan nutqi rivojlanadi.
Bolalarning asarni qayta hikoya qilish malakasi oshadi.
Kerakli jihozlar:
Asarni sahnalashtirish uchun jihozlar
Mashg’ulotning borishi
Bolalar kunlardan bir kun Xo’roz, Chigirtka, Chivin, suhbatlashib qolishibdi. Ular nima haqida suhbatlashganlarini hozir men sizga o’qib beraman. (Tarbiyachi hikoyani ifodali qilib o’qib beradi).
Hikoya bo’yicha savollar:
1. Xo’roz nima deb maqtanibdi?
2. Chigirtka nima deb maqtanibdi?
3. Chivin-chi?
4. Nima uchun asalari hech narsa demabdi?
5. “Sen o’zingni maqtama, seni birovlar maqtasin”, degan maqolni qanday tushunasiz?
Tarbiyachi hikoyani yana bir marta o’qib beradi. So’ngra 5-6 bola hikoya qiladi. Hikoyani rollarga bo’lib hikoya qildirish mumkin.
Tarbiyachi she’rni o’qib turadi. Bolalar harakatni bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |