Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
-Bugun bolalar, qaysi tovushi ishtirok etgan rasmlarni nomladik va ular haqida gap tuzdik?
-Nechta so’zdan iborat gaplar tuzdik?
-Qaysi so’zda “F” tovushi so’zning boshida keldi?
-Qaysi so’zda “F” tovushi so’zning o’rtasida keldi?
-Qaysi so’zda “F” tovushi so’zning oxirida keldi?
3-mashg’ulot
Mavzu: Maxmud To’ychievning “Zarg’aldoq” hikoyasini qayta hikoya qilishga o’rgatish
Maqsad:
Asarni mazmunli, mantiqiy izchillikda hikoya qilishga o’rgatish.
Vazifalar:
Bolalarning bog’langan nutqini rivojlantirish.So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish.“Z” tovushni aniq va to’g’ri talaffuz etish.
Bolalarda ifodali nutqni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |