Мактабга тайёрлов



Download 2,31 Mb.
bet9/11
Sana04.06.2022
Hajmi2,31 Mb.
#636025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Matematika faoliyat ishlanmasi

Tarbiyachi: Bolajonlar, bugun sizlarga bir ertak aytib beraman. Qadim zamonda bir mushukvoy yashagan ekan. Mushukvoy jo’jalarni eyishni yaxshi ko’rar ekan. Mushukvoy yashaydigan uyda Akmal ismli bola jo’ja ochirish uchun 10 ta tuxumni tovug’iga bostirib qo’yibdi. Tovuq tuxumlarni mehr bilan asrabdi.. Mushukvoy, jo’jalar qachon tuxumdan chiqar ekan, deb har kuni poylar ekan. Nihoyat jo’jalar birin-ketin tuxumlarni ochib chika boshlabdi. 10 kun davomida har kun bittadan jo’ja tuxumni ochib chiqibdi. Akmaljon 1-kuni tuxumdan chiqqan jo’jaga 1 raqamini, 2-kuni chiqqan jo’jaga 2 raqamini, 3-kuni chiqqan jo’jaga 3 raqamini va nihoyat 10- kuni chiqqan jo’jaga 10- raqamini yozib qo’yibdi. Qani bolajonlar, o’ylab ko’ringlarchi, nega Akmaljon jo’jalarga raqam yozib qo’ydi ekan? Chunki Akmaljon, oldin qaysi jo’ja, keyin qaysi jo’ja tuxumni ochib chiqqani, ya’ni jo’jalarning qaysi biri akasi yoki ukasi ekanligini belgilab qo’ymoqchi bo’libdi. Akmaljonning bu. ishini Mushukvoy har kuni kuzatib boribdi va u ham jo’jalarning qaysi biri oldin, qaysi keyin tuxumdan chiqqanligini raqamlari orqali bilib olibdi. Tovuq har kuni jo’jalarini hovlida aylantirib yurar ekan. Mushuk esa pan ada ularni poylab yotar ekan, har kuni jo’jalarni sanar ekan: oldin qaysi tuxumdan chiqqan edi? Ha ana 1-raqamligi, keyin 2-raqamligi. 4- raqamlikdan oldin qaysi raqamligi tuxumdan chiqqan edi? Ana topdim, u jo’ja 3-raqamli edi. Shunday qilib Mushukvoy har kuni jo’jalarni qaysi biri oldin, qaysi biri keyin tugilganini raqamlari orqali bilib olar ekan. Mushukvoy jo’jalarni oldin va keyin dunyoga kelganini aniqlash bilan ovora bo’lib ularga mehri tushib qolibdi. Natijada ularni eyishni xayoliga ham keltirmay qo’yibdi. Hovlida Akmaljon, Mushukvoy, tovuq va jo’jalar bir-birlari bilan ahil bo’lib o’ynashar, ba’zida Akmaljon bilan Mushukvoy jo’jalarning qaysi biri akasi yoki ukasi ekanligi haqida bahslashar ekan.
Kelinglar bolajonlar, biz ham ularning bahslariga qo’shilamiz.
Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalar oldilariga qo’yilgan qutichadan 1 dan 10 gacha raqam yozilgan 10 ta tuxum shakli (oval)ni olib tartib bilan teradilar. Oldin qaysi raqamli jo’ja keyin qaysi raqamli jo’ja tuxumdan chiqishini aytib beradilar. Keyin 1 dan 10 gacha raqam yozilgan jo’jalarni tuxumlarning ustiga qo’yib chiqadilar.
Bilimlarnn mustahkamlash uchun o’ynn: Qo’shni sonlarni ko’rsat va ayt.
Tarbiyachi 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlardan bittasini ko’rsatadi. Bolalar ko’rsatilgan sonning qo’shnilarini ko’rsatishlari kerak. Masalan: tarbiyachi 5 sonini ko’rsatsa, bolalar 4 va 6 sonini ko’rsatishlari kerak. Tarbiyachi qaysi boladan so’rasa o’sha bola 5 dan oldin va keyin qaysi sonlar kelishini aytadi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Akmaljonning nechta jo’jasi bor ekan?

  2. Dastlab tuxumdan chiqqan jo’janing raqami necha edi?

  3. Eng oxirida tuxumdan chiqqan jo’janing raqami necha edi?

  4. 3 sonidan oldingi va keyingi sonlarni ayting.

  5. 5 sonidan oldingi va keyingi sonlarni ayting.

  6. 8 sonidan oldingi va keyingi sonlarni ayting.

Faoliyat yakunida bolalar rag’batlantiriladi.

10


Sentabr oy mavzusii: Ona yurtim – O’zbekiston.


Hafta mavzusii: Men va mening do’stlarim
Sentabrning 4 – haftasi

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish