Faoliyat turi: Elementar matematik 7
Mavzu: Ko’p burchakning tomonlari va qirralari o’zaro bog’liqligini tushuntirish
Maqsad:
Bolalarni ko’pburchaklar bilan tanishtirishni davom ettirish.
Kutilayotgan natija:
Bolalar ko’pburchaklarning tomonlari va qirralari o’zaro bog’liqligini bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:
Beshburchak, kvadrat, uchburchak, to’rtburchak, oltiburchak, sakkizburchak shakllari-1 tadan (kattaroq shaklda)
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, ko’pburchaklar haqida oldin ham gaplashganmiz, bugun ham men sizlarga ko’pburchaklar to’g’risida so’zlab beraman. Matematika mamlakatida turli shakllar bor ekan. Ularning podshosi beshburchak shakli ekan. (Tarbiyachi katta beshburchakni ko’rsatadi). Uning yordamchisi kvadrat shakli ekan.
Mamlakatda hammadan ham ko’pburchaklar ko’p ekan. Ular hamma ishlarda faol ishtirok etishar ekan. Ko’pburchaklar bizning hayotimizda ham katta ahamiyatga ega. Siz turadigan uylar ham, mana shu ko’pburchaklarga qarab chizilgan, hozir biz o’tirgan xona ham to’rtburchak shakli da qurilgan. Shuning uchun biz ko’pburchaklarni yaxshi bilib olishimiz kerak.
Ko’pburchaklarning nechta burchagi bo’lsa, shuncha tomoni va uchi ham bo’ladi. Masalan: uchburchakni ko’rib chiqamiz. Uchburchakning 3 ta burchagi, 3 ta tomoni va 3 ta uchi bor.
Endi beshburchakni ko’rib chiqamiz. Beshburchakning ham 5 ta burchagi, 5 ta uchi va 5 ta tomoni bor, kelinglar birgalikda sanab ko’ramiz. Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda hamma ko’pburchaklarni xuddi shunday qilib burchagi, uchi va tomonlarini sanab chiqadilar. Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi shakllarni tushuntirib byergach, bolalar tayoqchalardan ushbu shakllarni yasaydilar.
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar tayoqchalardan uchburchak shaklini yasaymiz. Buning uchun bizga nechta tayoqcha kerak bo’ladi? To’g’ri, 3 ta tayoqcha kerak bo’ladi. 3 ta tayoqchadan uchburchakning tomonlarini hosil qilamiz. Tomonlarini hosil qilishimiz bilan uchburchak shaklimiz hosil bo’ladi. Mana uning 3 ta uchi, 3 ta burchagi.
Xuddi shu usulda barcha ko’p burchaklarni birgalikda yasaydilar.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: «Domino»
Bu o’yin xuddi domino o’yiniga o’xshaydi, -faqat dominoning nuqtalari o’rniga geometrik shakllar tasvirlangan bo’ladi. Geometrik shakllar dominosi har bir stolga bittadan beriladi, bolalar birinchi olganda xuddi dominodagidek 7 tadan oladilar va o’yinni kelishilgan shakldan boshlaydilar. Qoidalari ham dominonikidek davom etadi, faqat bolalar qaysi shaklni qo’yayotganini aytib boradilar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Eng oddiy ko’p burchakni ayting.
2.1 ta cho’pdan 3 ta uchburchak tuzing.
Aylanani nechta tomoni mavjud?
Besh burchakda nechta burchak bor?
8 ta cho’pdan bitta ko’p burchak yasab bering. Nechta burchakli ko’pburchak yasadingiz?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish. ‘
Do'stlaringiz bilan baham: |