MAKTAB O‘QUVCHILARIGA DASTURLASH ELEMENTLARINI O‘RGATISH METODIKASI - MAKTAB O‘QUVCHILARIGA DASTURLASH ELEMENTLARINI O‘RGATISH METODIKASI
- IP-09-19-/01 gurux tinglovchisi
- ISOROV FURQAT
INFORMATIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI - Informatika o`qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, pedagogika, psixologiya, o`qish, ona tili, odobnoma, tabiatshunoslik, tasviriy san`at, geometriya va yangi pedagogik texnologiya fanlari bilan uzviy bog`liq bo`lib, uning qonuniyatlariga tayanadi
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI TA`LIM JARAYONI BILAN BOG`LIQ UCH SAVOLGA JAVOB BERADI: - 1. Nima uchun informatikani o`rganish kerak?
- 2. Informatikadan nimalarni o`rganish kerak?
- 3. Informatikani qanday o`rganish kerak
O`ZBEKISTONDA INFORMATIKA O`QITISH - Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi
- yo’nalishlari bo’yicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia
- vositalarisiz xordiq chiqarmaydigan bo’lib qoldi.
- Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalgaoshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan
- bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir.
- O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur
- fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
- foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi
O`QITUVCHI DARSGA TAYYORLANISHDA NIMALARGA E`TIBOR BERISHI KERAK: - 1.O`quv dasturi va o`qituvchi rejasida darsning o`rnini aniqlash.
- 2. Darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash.
- 3. Dars mazmunini aniqlash.
- 4. Dars bosqichlarini tuzib chiqish.
- 5. Dars rejasini tuzish.
- 6. Dars ishlanmalar (konspektini) tuzish.
- 7. Dars o`tish metodlarini aniqlash.
- 8. Har bir bosqichga sarflanadigan vaqtni aniqlash.
- 9. Darsda va uyga beriladigan misol va masalalarni yechib chiqish.
- 10. Ko`rgazma qurollarni tayyorlash va hokazolar.
UMUMTA`LIM MAQSADI O`QITUVCHIDAN QUYIDAGILARNI TALAB QILADI. - a)o`quvchilarga informatik bilimlar sistemasidan bilim, malaka, ko`nikma berish;
- b)haqiqiy real olamni informatik metodlar bilan o`rganish;
- g)o`quvchilarga informatikadan shunday bilimlar berishni ta`minlanishi kerakki, bu bilimlar bilan, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko`nikmalari ortib borsin.
O`qituvchining so`zi bilan ko`rsatma vositalardan birgalikda foydalanishning 4 ta asosiy formasi aniqlangan: - 1) o`qituvchi so`zlar yordamida o`quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;
- 2) og`zaki tushuntirishlar ob`yektning bevosita ko`rinmaydigan tomonlari haqida ma`lumotlar beradi;
- 3) ko`rsatma-qo`llanmalari o`qituvchining og`zaki tushuntirishlarini tasdiqlovchi yoki konkretlashtiruvchi illyustrasiya bo`lib xizmat qiladi;
- 4) o`qituvchi o`quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |