Makroiqtisodiyot o`quv-uslubiy majmua


I = f(Y), ya‘ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funksiyasi ekan. Akselerator modelining to`liqroq ko`rinishi quyidagicha bo`ladi: I = Ireja+ γY b



Download 10,48 Mb.
bet44/194
Sana15.06.2022
Hajmi10,48 Mb.
#674828
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   194
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Majmua 2021

I = f(Y), ya‘ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funksiyasi ekan. Akselerator modelining to`liqroq ko`rinishi quyidagicha bo`ladi:
I = Ireja+ γY bu yyerda:
Δ I It –I t-1 γ = ----------- = ------------------
Δ Y Yt - Yt-1
Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi.
Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:

I = e - dR + γY


YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko`payishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya‘ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo`sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaIMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda bo`lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo`lmaydi.
6.5. O`zbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining o`ziga xos xususiyatlari
O`zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhitiyaxshilandi. jumladan siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta‘minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bakk foiz stavkalarining pasaytirilishi , investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining yaratilganliga mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining o`sishiga olib keldi.
O`zbekistonda investitsiya hajmining yildan yilga o`sib borishida investitsiya faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan me‘yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligi alohida ahamiyatga ega. Ta‘kidlash joizki, mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya etish, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining eksportdagi hajmini kengaytirishga qaratilgan investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi 50 dan ortiq huquqiy-hujjat qabul qilindi, jumladan, ―Konsessiyalar to`g`risida‖gi, ―Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida‖gi, ―Chet el investitsiyalari to`g`risida‖gi, ―Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`g`risida‖gi, ―Investitsiya faoliyati to`g`risida‖gi, ―Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida‖gi Qonunlar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining tarmoqlari va sohalariga investitsiyalar kiritish orqali quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy samaralarga erishiladi:

  • ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatish miqdor va sifat jihitdan o`smoqda;

  • ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish miqdorining o`sishi davlat budjetiga tushayotgan soliq tushumlarining ko`payishiga olib keladi;  ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish samaradorligining oshishi ish haqining ortishiga va aholi farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi;

  • jahon talablariga javob beradigan raqobatbardosh ishlab chiqarish orqali mamlakatning eksport salohiyati o`sadi.

Ishlab chiqarishni tarkibiy o`zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil ta‘minlash, sanoatning barqaror iqtisodiy o`sishning lokomotivi bo`lishga qodir yuqori texnologiyali tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sig`imi, moddiy va mehnat harajatlarini pasaytirish bo`yicha mavjud resurslardan to`liq foydalanish, jahon va mintaqaviy bozorlarda barqaror talabga ega bo`lgan raqobatbardosh tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, buning uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda ustuvor asosda qo`shma korxonalar tashkil etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi ―2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish va tarkibiy o`zgartirishni ta‘minlashning dasturiy chora-tadbirlari to`g`risida‖gi PF-4707-sonli farmoni qabul qilindi. Quyidagilar ushbu dasturning asosiy ustuvor yo`nalishlari sifatida belgilandi:  quyosh energiyasidan foydalanishning sinovdan o`tgan zamonaviy texnologiyalari va resurslarni tejaydigan bug`-gazqurilmalarni keng joriy qilish asosida elektroenergetika sohasida yangi quvvatlarni yaratish va amaldagilarini izchil modernizatsiya qilish;

  • tabiiy gaz va gaz kondensatini chuqur qayta ishlash asosida neft gaz va neft kimyo sanoatida yuqori qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va assortimentini kengaytirish;

  • murakkab mineral o`g`itlar, polimer, sintetik kauchuk, metanol, shuningdek maishiy kimyo tovarlari ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish yo`li bilan kimyo sanoatida ishlab chiqarishni va eksportni diversifikatsiya qilish;

  • qishloq xo`jaligi texnikasi, yuk avtomobillari, butlovchi buyumlarning import o`rnini bosuvchi turlarini ishlab chiqarish bo`yicha texnologik jihatdan ilg`or bo`lganlar bilan hamkorlikda yangilarini barpo etish va amaldagilarini kengaytirish;

  • maxalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash asosida dunyo va ichki bozorlarda xaridorgir bo`lgan raqobatbardosh tayyor va yarim tayyor, jumladan bo`yalgan kalava, mato, oshlangan teri, trikotaj, tikuvchilik, poyafzal va ko`ngalantereya mahsulotlari ishlab chiqarish hisobiga to`qimachilik va ko`nchilik- payafzal sanoatining tovar tarkibini yaxshilash;

  • elektrotexnika qurilmalari ishlab chiqarish bo`yicha yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni egallash va jadal rivojlantirish, axborot - kommunikatsiya texnologiyalari uchun qurilma va aksessuarlar, ekologik toza qurilish materiallarining keng spektrini ishlab chiqarish bo`yicha yangi quvvatlar barpo etish;

  • jahondagi ilg`or kompaniyalar litsenziyalari va patentlari bo`yicha farmatsevtika sanoati mahsulotlari va shuningdek, mahalliy xom ashyo va milliy ishlab chiqaruchilarning ishlanmalari asosida meditsina preparatlarini ishlab chiqarish hajmlari va assortimentini tubdan kengaytirish;

  • sublimatsiya, vakuumli qadoqlash, muzlatish va qayta ishlashning boshqa zamonaviy texnologiyalarini keng egallash yo`li bilan yarim tayyor oziq – ovqat mahsulotlarining jahon bozorlarida xaridorgir bo`lgan meva – sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali oziq – ovqat sanoati ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish;

Dasturni amalga oshirish davomida mashinasozlik, kimyo, neft-gaz-kimyo, to`qimachilik va oziq-ovqat sanoati kabi yuqori qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar jadal rivojlantiriladi. Buning natijasida sanoat mahsulotlarining 1000 tadan ortiq yangi turini ishlab chiqarish o`zlashtiriladi. Sanoat ishlab chiqarishining 5 yilda 1,5 barobarga o`sishi, sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 24 foizdan 2020 yilga borib 27 foizgacha ortishi mo`ljallanmoqda. Yuqori texnologiyali mahsulotlar eksportini yanada oshirish va 52 mingtadan ortiq yangi ish o`rni yaratish nazarda tutilmoqda.
Dasturni amalga oshirish davomida jami qiymati 38 milliard dollarga teng bo`lgan 870 ta yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish mo`ljallanmoqda. Ushbu loyihalarga binoan 415 ta yangi korxona barpo etish hamda 455 ta ishlab turgan korxonani modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash nazarda tutilmoqda. Dasturda yangi qurilishlar, modernizatsiya va rekonstruksiya hamda boshqa yo`nalishlarda amalga oshirilishi mo`ljallanayotgan loyihalarga jami 19640 mln.dollar hajmdagi mablag`lar yo`naltiriladi. Ushbu loyihalarning 4907,6 mln.dollari loyiha ishtirokchilarining o`z mablag`lari hisobidan, 3095.1 mln.dollari O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va Taraqqiyot Jamg`armasi mablag`lari hisobidan, 2890,7 mln. dollari tijorat banklari kreditlari hamda 8476,6 mln. dollari xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan moliyalashtirilishi mo`ljallanmoqda.

Download 10,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish