Nazorat uchun savollar:
1. Yalpi talab va yalpi taklifni tahlil qilish nima uchun zarur?
2. Yalpi talab nima?
3. Nima uchun yalpi talab egri chizig’i o’zgaradi?
4. Yalpi talabga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
5. Yalpi talab egri chizig’ining pasayuvchan shaklda bo’lishiga foiz stavkasi, boylik va import tovarlar xaridi samaralarining ta’sirini tushuntirib bering.
6. Yalpi taklif nima?
7. Yalpi taklif egri chizig’idan uchta kesmani tasvirlang va ular nimani ko’rsatishini tushuntiring?
8. Yalpi taklifga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
6-MAVZU. ISTE‘MOL, JAMG`ARISH VA INVESTITSIYA
Reja:
6.1. Iste‘mol va jamg`arish, ularning grafiklari va funksiyalari.
6.2. Iste‘mol va jamg`arishga o`rtacha hamda chegaralangan moyillik.
6.3. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi.
6.4. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar. Akselerator modeli.
6.5. O`zbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining o`ziga xos xususiyatlari
Tayanch so’z va iboralar: avtonom iste’mol, avtonom investitsiyalar, investitsiya, akselerator, iste’molga o’rtacha moyillik, iste’molga ( jamg’arishga) chegaralangan moyillik, investitsiya, investitsion xarajatlar, foiz stavkasi, asosiy fondlar, kapital zahiralari, foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari
6.1. Iste‘mol va jamg`arish, ularning grafiklari va funksiyalari
Uy xo`jaliklarining iste‘mol xarajatlari (bundan buyon iste‘mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste‘molga ko`ra tarkibida eng katta ulushga ega bo`lgan komponentdir. 2016 yilda O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo`mitasining ma‘lumotlariga ko`ra respublikamizda bu ulush 56 %ni tashkil etgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste‘mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste‘mol xarajatlariga ta‘sir etuvchi omillarni, uning o`zgarish qonuniyatlarini o`rganish muhim ahamiyatga ega.
Uy xo`jaliklari tasarrufidagi daromadning iste‘mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg`armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg`arish hajmi foz stavkasining funksiyasi deb qarashsa J.M. Keyns uy xo`jaliklarining iste‘mol xarajatlari va jamg`arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste‘mol va jamg`arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo`jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to`lovlari va to`lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd) ko`rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste‘mol va jamg`armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |