▲ ▲ ▲
Investitsiyalar (I) 50 sh.b.ni, davlat xarajatlari (G) – 200, sof eksport (Xn)
– 70, avtonom iste’mol xarajatlari (S) – 100 sh.b.ni, jamg’armaga chegaralangan moyillik (MRS) – 0,25 ni tashkil etsa, YaIMning muvozantli darjasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Faraz qilaylik iqtisodiyotda iste’mol quyidagi tenglama bilan berilgan S=55+0.73Ud. Bu yerda daromad (Ud ) 500 mlrd. so‘mga teng.
Ushbu shartlar asosida iste’mol va jamg’armaga bo‘lgan chegaraviy moyillikni, iste’mol va jamg’arma miqdorlarini, iste’mol va jamg’armaga bo‘lgan o‘rtacha moyillikni aniqlang.
▲ ▲ ▲
Davlat xaridlari G = 50, transfert to‘lovlari TR = 10, davlat qarzi bo‘yicha foiz stavkasi R =10% (davlat qarzi D = 20), soliq tushumlari T = 40. Byudjet kamomadi mavjudmi, yo‘qmi?
7-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanat modeli
Makroiqtosodiy muvozanatni ta’minlashda tovar va xizmatlar bozorida muvozanatni ta’minlash muhimdir. Bu masalani hal etishda rejalashtirilgan xarajatlar hamda haqiqatda sarf qilingan xarajatlarni bir biri bilan solishtirish orqali iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini aniqlash mumkin. Bu o‘rinda Keyns xochi alohida ahamiyatga egadir.
Investitsiyalar funktsiyasi va Keyns xochi asosida foiz stavkasi va daromad darajasi o‘rtasidagi teskari bog’liqlik o‘rnatiladi va bu bog’liqlik investisiyalar hamda jamg’armalar tengligi ayniyatini bajarilishini ta’minlovchi IS egri chizig’i yordamida aks ettiriladi.
Davlat xarajatlarini oshishi (G) daromadlarni berilgan darajasida rejalashtirilayotgan jami xarajatlarni o‘sib borishini bildiradi. Davlat xarajatlarini bir miqdorga ko‘payishida muvozanatli daromad qancha oshganligini bildiruvchi koeffitsient davlat xarajatlarining multiplikatori deb ataladi.
Soliqlarning o‘zgarishi daromad va iste’molga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlarni kamayishi multiplikator samarasini keltirib chiqaradi, ya’ni daromadlarni soliqlar o‘zgarishi miqdoriga qaraganda yanada ko‘proq qo‘shimcha o‘sishiga olib keladi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi byudjet soliq siyosati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan. Y=S+I
S=100+0,8Y I=50
Bu yerda U-daromad, S-iste’mol, investitsiyalar Quyidagilarni aniqlang:
daromadning muvozanatli darajasi
jamg’arma va iste’molning muvozanatli darajasi
v) ishlab chiqarish darajasi 800 ga teng bo‘lganda mahsulot zahiralarini rejalashtirilmagan o‘sishi qanday bo‘lishini
Do'stlaringiz bilan baham: |