▲ ▲ ▲
2013- yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200ni tashkil etgan. 2014 yilda esa bu ko‘rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo‘lgan. Avtonom soliqlar hajmi - 120, davlat xarajatlari 100ga teng. Iqtisodiyotda haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy
ishsizlikdan 2% oshgan, davriy ishsizlikning YaIM o‘zgarishiga ta’sirchanlik koeffitsienti 3ga teng. Avtonom xarajatlar hajmini, muvozanatli va potentsial YaIM, inflyatsion (retsession) uzilishni hamda bu uzilishni bartaraf qilish uchun davlat xarajatlarini qanchaga oshirish kerakligini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Yopiq iqtisodiyotda soliqning 20 mlrd. dollarga o‘sishi va bu bilan bog’liq jami talabning qisqarishi sof ichki mahsulot (SIM)ni 60 mlrd. dollarga pasayishiga olib keldi. SIM miqdori investitsiyaga va soliq darajalariga ta’sir etmaydi. Xarajatlar multiplikatori miqdorini aniqlang.
▲ ▲ ▲
O‘tgan yilda YaIM 1000, davlat xarajatlari 100ga teng bo‘lgan. hukumat davlat xarajatlarini 50ga oshirishi bilan YaIM ning 200ga o‘sishiga erishdi. Iste’molga bo‘lgan cheklangan moyillik miqdorini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Iste’mol funksiyasi berilgan: C = 90 + 0,85Y. Agar uy xo‘jaliklari daromadi 350ga teng bo‘lsa, jamg’arma hajmini aniqlang.
8-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Davlat budjeti, soliqlar va davlar qarzi.
Davlat byudjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning nisbatan kattagina qismini to‘plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini rivojlanishiga yo‘naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir.
Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko‘rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi. Davlat byudjeti taqsimlash va nazorat funktsiyani bajaradi.
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo‘lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o‘tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu byudjet kategoriyasining namoyon bo‘lish shakli byudjetga tushuvchi turli soliqlar, to‘lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Milliy iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo‘jalik yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan darak beradi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo‘jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.
Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar uchun 2014 yil bir oyga to‘lanadigan soliq miqdori Toshkent shahrida eng kam ish haqining 4 baravari, Nukus shahri va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda 2 baravari, boshqa aholi punktlarida 1 baravari miqdorida o‘rnatilgan edi. 2015 yilda bu soliq miqdorlari eng kam ish haqining 0,5 baravariga qisqartirildi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda soliq miqdorlarini barcha hududlar uchun 2014 va 2015 yillar uchun hisoblang va solishtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |