▲ ▲ ▲
Majburiy zaxiralar me’yori 20 %ga teng. Tijorat banki ortiqcha zaxira sifatida depozitlar summasidan yana 5 %ga ega. Depozitlar miqdori 20 000 ni tashkil etadi. Bank ssuda berish uchun qanday maksimal summadan foydalanishi mumkin?
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda pul bazasi 300, majburiy zahiralar 130, pul massasi 960, depozitlar 790. Berilgan ma’lumotlar asosida pul multiplikatorini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Agar rezerv me’yori 0,35 ga, deponentlash koeffitsienti esa 0,3 ga teng bo‘lsa:
pul multiplikatori miqdorini aniqlang;
agar Markaziy bank ochiq bozordagi operatsiyalar orqali pul taklifini 350 mln. so‘mga oshirmoqchi bo‘lsa, davlat obligatsiyalarini qanday miqdorda sotib olishi kerak?
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda pul bazasining hajmi 200 mln.so‘m. Deponentlash koeffitsienti 0,8. Tijorat banklarining rezerv me’yori 20%. Real pul qoldiqlariga bo‘lgan talab quyidagi tenglik orqali ifodalanadi: L= 0,4Y – 50i, daromadning hajmi Y = 800. Narxlar darajasi P = 4. Muvozanatli foiz stavkasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Bank multiplikatori 2,5 ga teng. Pul taklifining qo‘shimcha o‘sishi 60 mln. so‘mni tashkil etdi. Rezerv me’yorini va pul taklifining qo‘shimcha o‘sishiga sabab bo‘lgan ortiqcha rezervlar hajmini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda pul massasi 2,7 mlrd.so‘mga teng. Pullarni depozitlash koeffitsenti 0,8 ga teng bo‘lsa, naqd pullar miqdori (S) nimaga teng bo‘ladi?
12-amaliy mashg`ulot
Mavzu: IS-LM modelining shakllanish tadbiqi
Makroiqtisodiy muvozanat mamlakat iqtisodiyotining to‘g’ri yoki noto‘g’ri yo‘ldan borayotganligini ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi, chunki iqtisodiyotda bo‘layotgan doimiy o‘zgarishlar har qanday mamlakatni ham iqtisodiy muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkin.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.
IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga birgalikda ko‘rsatadigan ta’sirini baholash imkonini beradi.
IS-LM modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli variantlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda bo‘lgan o‘zgarish ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi.
Pul- kredit siyosati foiz stavkalari yuqori bo‘lganda samarali bo‘ladi. Fiskal siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizig’i gorizontal, IS egri
chizig’i esa vertikal bo‘lganda samaraliroq bo‘ladi. Model yordamida makoiqtisodiy siyosat variantlarini tanlash, shuningdek usullarini muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash va siqib chiqarish samaralarini kamaytirish yo‘llarini tahlil etish mumkin.
Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 300 + 0,65Yd, investitsiya funktsiyasi I = 200 – 1500R, soliqlar T = 200, davlat xarajatlari G = 200, pulga
bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,5Y – 2000R)P, pul taklifi M = 550, narxlar darajasi P =1, sof eksport funktsiyasi Xn = 100 - 0,05Y – 500R. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |