Makroiqtisodiyot” O‘quv-uslubiy majmua


- rasm. Ish bilan band aholi sonining iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi (2017 yil)



Download 2,71 Mb.
bet23/182
Sana20.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#826200
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   182
Bog'liq
Makroiqtisodiyot O UM 2020-2021

3.2- rasm. Ish bilan band aholi sonining iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi (2017 yil) 9
Bugungi kunda respublikamizdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri - aholi bandligini oshirish, ishchi kuchidan maqsadli foydalanish, foydali mehnatga layoqatli aholining ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilmoqda. Ana shularni hisobga olgan holda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda Hukumatning asosiy e’tibori aholi bandligini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishni amalga oshirishga qaratiladi. Birinchi navbatda, bu iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning ehtiyojini hisobga olgan holda, yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha har yilgi dasturlarni ishlab chiqishni ko‘zda tutadi.
4-Mavzu. Inflatsiya va inflatsiyaGA QARSHI siyosati


Reja:
4.1. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari.
4.2. Inflatsiyaning turlari. Talab va taklif inflatsiyasi.
4.3. Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liklik. Fillips egri chizig‘i.
4.4. Antiinflatsiya siyosati va O‘zbekiston Respublikasida uni amalga oshirish xususiyatlari


4.1. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari.

Inflatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish) ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo‘ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‘tayotgan mamlakatlarda inflatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog‘liq.


Ammo inflatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo‘lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo‘llanildi. Inflatsiyaning atamasi muomaladagi qog‘oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko‘payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo inflatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to‘liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‘lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo‘lsa budjet taqchilligi va qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko‘paytirish inflatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o‘sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o‘ssa, yoki yalpi talab ko‘paygani holda o‘zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining ko‘tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo‘shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo‘ladi.
Inflatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning o‘sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflatsiya namoyon bo‘lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:

  1. valuta kururslarining o‘zgarishi;

  2. kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o‘zgarishi;

  3. kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o‘sishi.

Inflatsiya baho indekslari - deflator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi.
Baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‘zgarishi inflatsiya darajasi (baholarning o‘sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish