Makroiqtisodiyot” O‘quv-uslubiy majmua



Download 2,71 Mb.
bet121/182
Sana20.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#826200
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   182
Bog'liq
Makroiqtisodiyot O UM 2020-2021

Katta ochiq iqtisodiyot-ko‘lami yirikligi sababli foiz stavkasi mamlakatning ichida ro‘y berayotgan jarayonlarning jiddiy ta’sirida shakllanadigan iqtisodiyotdir.
Katta ochiq iqtisodiyot- jahon jamg‘armalari va investitsiyalarining katta qismiga egalik qilayotan yirik mamlakat (AQSh, XXR, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va boshq.) iqtisodiyotidir. Bunday mamlakatlar jahon moliya stavkasiga ta’sir ko‘rsata oladi.
Ochiq iqtisodiyotning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardir:
a) YaIMdagi tashqi savdo kvotasi;
b) ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushi;
g) iste’mol tarkibidagi importning ulushi;
d) investitsiyalar hajmidani xorijiy investitsiyalarning ulushi.
Iqtisodiyotning ochiqligi darajasi odatda mamlakatning tashqi savdosi hajmiga yoki hukumatning siyosiy liniyasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti nisbatan ochiq hisoblanadi, chunki u tashqi savdoga juda bog‘langan. AQSh iqtisodiyoti esa nisbatan yopiqdir, chunki tashqi savdo uning rivojlanishi uchun hal etuvchi rol o‘ynamaydi.
Ochiq iqtisodiyot xalqaro hisob-kitoblarda xorijiy valutadan foydalanishni ko‘zda tutadi. U to‘lov balansida, xususan joriy operatsiyalar balansi va kapital harakati balansida o‘z aksini topadi.


19.2. Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli


Ichki muvozanat- inflatsiya jarayonlari mavjud bo‘lmagan ( yoki uning barqaror past darajasidagi) to‘liq bandlik sharoitida talab va taklifning balanslashganligidir.
Qisqa muddatli davrda ichki muvozanat muammosi, birinchi navbatda, budjet-soliq va pul-kredit siyosati vositasida yalpi talabni tartibga solish orqali ta’minlanadi.
Tashqi muvozanat qayd qilingan, yoki suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida to‘lov balansining nolga teng qoldig‘ini ta’minlab turilishni anglatadi. Alohida holatlarda bu muammo ikki o‘zaro mustaqil qismga bo‘linadi:
a) joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta’minlab turish;
b) valuta zahiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish.
Tashqi va ichki muvozanatni ta’minlab turish usullari bir xil: budjet-soliq va pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul sifatida almashinuv kursi siyosati ham ajratib ko‘rsatiladi.
Tashqi muvozanatni ta’minlash kapital harakatining mobilligi ( mamlakatlararo kapital quyilishi jarayonining ichki foiz stavkasining jahon foiz stavkasiga nisbatan o‘zgarishiga javoban keskinlashuvi) sababli murakkablashadi.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash muammosi tovar, pul va valuta bozorlarining amal qilishiga ta’luqlidir.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash makroiqtisodiy tartibga solishning muhim muammosi sifatida yuzaga chiqadi, chunki u ichki va tashqi o‘zgaruvchilarning bir-biriga o‘zaro ta’sirini va qayta ta’sirini ko‘zda tutishni talab etadi.
Ochiq iqtisodiyotda iqtisodiy siyosat tahlili Mandell-Fleming modeliga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu model qisqa muddatda iqtisodiyotni muvozanatlashtirishni ifodalaydi va kichik ochiq iqtisodiyot uchun IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli hisoblanadi. Ikkala model ham baholarning o‘zgarmasligini nazarda tutadi va yalpi talab hajmining o‘zgarishi sabablarini tushuntiradi. Ular o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, IS-LM modeli-yopiq iqtisodiyot modeli, Mandell-Fleming modeli esa ochiq iqtisodiyot modeli ekanligidadir.
Ichki va tashqi muvozanat muammosi, ko‘pincha, IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli vositasida, unga uchinchi- BB egri chizig‘i qo‘shilib tahlil qilinadi. BB egri chizig‘i to‘lov balansining muvozanatli darajasini tasvirlaydi. Model ham qayd qilingan, ham erkin suzib yuruvchi valuta kursi rejimlari uchun va kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi.
Bir vaqtning o‘zida ichki va tashqi muvozanatga erishish muammosini quyidagi yondoshuv asosida ko‘rib chiqamiz (19.1. rasm).


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish