19.4.- rasm. Mandell-Flemingning Y-r modelida muvozanatga erishish mexanizmi68
Bunday vaziyatda ikki variant yuzaga keladi:
1.Almashinuv kursi juda past bo‘lganligi sababli IS va LM egri chiziqlari jahon foiz stavkasidan yuqorida kesishadi( 19.4, a rasm). Bunday vaziyat chet ellik investorlarni mazkur mamlakat iqtisodiyotiga kapital kiritishga rag‘batlantiradi. Natijada mamlakatning valutasi kursi ko‘tariladi va IS egri chizig‘i pastga siljiydi.
2. IS va LM egri chiziqlari ichki foiz stavkasi jahon foiz stavkasidan past bo‘lgan nuqtada kesishadi( 19.4, b rasm). Bunday vaziyatda mazkur mamlakat investorlari kapitallarini xorijga olib chiqib ketishdan manfaatdor bo‘lishadi. Natijada milliy valutaning almashinuv kursi pasayadi va IS egri chizig‘i yuqoriga siljiydi.
Shunday qilib muvozanat LM egri chizig‘ining gorizontal liniya bilan kesishish nuqtasida jahon foiz stavkasi darajasida o‘rnatiladi.
Mandell-Flemingning Y-e modeli 19.5. va 19.6. rasmlarda tasvirlangan.
19.5. rasmda vertikal o‘qda almashinuv kursining turli darajalari, gorizontal o‘qda esa daromadning miqdorlari tasvirlangan. Foiz stavkasi o‘zgarmas va jahon foiz stavkasiga teng deb tasavvur qilinadi. Bunday vaziyatda grafikda ikki tnglama tasvirlanadi:
1) Y=C(Y-T)+I(r*) +G+Xn(e), IS;
2) M/P= L(r*,Y), LM*.
Iqtisodiyotda muvozanat IS va LM egri chiziqlarining kesishish nuqtasida ta’minlanadi. Bu kesishish nuqtasi almashinuv kursi va daromadning darajalarini aks ettiradi.
Grafikda tovar bozoridagi (IS*) va pul bozoridagi(LM*) muvozanat tasvirlangan. Jahon foiz stavkasi belgilab berilgan sharoitda LM* tenglamasi yalpi daromadni almashinuv kursiga bog‘liq bo‘lmagan holda qayd etadi.
19.5.-rasm. Mandell-Flemingning Y-e modeli69
19.6.-rasm. Mandell-Flemingning Y-e modeli70
19.6.-rasmda LM egri chizig‘i gorizontal liniya bilan belgilangan jahon foiz stavkasi r* ga teng bo‘lgan holatda aks ettirilgan. Bu egri chiziqlar birgalikda almashinuv kursiga bog‘liq bo‘lmagan daromad darajasini aniqlab beradi.
19.7.-rasm. LM* egri chizig‘ining vertikal liniya ko‘rinishi.
19.7. rasmda LM* egri chizig‘i qanday qilib vertikal liniya ko‘rinishini olishi aks ettirilgan.
Y-e modeli almashinuv kursi darajasi iqtisodiy siyosatga qanday ta’sir etishini ko‘rsatadi.
Mandell-Fleming modelini tahlil qilish kichik ochiq iqtisodiyotda davlatning har qanday iqtisodiy siyosati natijasi qayd qilingan va suzib yuruvchi valuta kursiga bog‘liq degan xulosaga olib keladi. Masalan, suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida daromadga faqat pul- kredit siyosati ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda rag‘batlantiruvchi budjet-soliq siyosatining ta’siri, valuta kursining ko‘tarilishi sababli, nolga teng bo‘ladi.
Qayd qilingan valuta kursi sharoitida daromadga faqat budjet-soliq siyosati ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitda pul-kredit siyosati daromadlarga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki Markaziy Bankning pul taklifini o‘zgartirishdan maqsadi almashinuv kursini belgilangan darajada saqlab turishdan iborat bo‘ladi.
Bu o‘zgartirish ichki iqtisodiy siyosat maqsadlariga to‘g‘ri kelish-kelmasligi e’tiborga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |