Ishsizlik darajasi = (ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
Har kuni bir nechta odamlar o’z ishlarini yo’qotishadi yoki tashlab ketishadi, va ba’zi ishsizlar ishga yollanadi. Bu davriy inqiroz va oqim ishsiz bo’lgan ishchi kuchining bir qismini belgilaydi. Bu qismda biz ishsizlik tabiiy darajasini nimalar belgilashini ko’rsatadigan ishchi kuchi dinamikasi modelini rivojlantiramiz2. Biz biroz muloxaza bilan boshlaymiz, keling L ishchini belgilasin. E ishlayotgan ishchi kuchi soni va U ishsizlar soni. Har bir ishchi yoki ishli yoki ishsiz bo’lgani uchun, Ishchi kuchi ishsizlar va ish bilan bandlarning yig’indisidir.
L=E+U
Bunda- ishsizlik darajasi U/L ga teng. Ishsizlik darajasiga qanday omillar tasir qilishini ko’rishimiz uchun, faraz qilaylik ishchi kuchi L o’zgarmas va ishchi kuchidagi ishlilar E va ishsizlar o’rtasidagi shaxslarning ko’chishiga bog’langan. Keling s ishdan ayrilishning darajasini belgilasin, ishlaydiganlardan har oyda ishini yo’qotgan yoki tashab ketganlar qismi. F ish topishning darajasini ifodalasin, ishsiz shaxslarning har oyda ish topadigan qismi. Job separation darajasi s va job finding darajasi f birgalikda ishsizlik darajasini ko’rsatib beradi. Agar ishsizlik darajasi oshmasa ham pasaymasa ham, bunday holat ishchi kuchi bozori barqaror bo’lgan vaziyatda bo’ladi, unda ish topadigan odamlar soni fU, ishini yo’qotadigan odamlar soni s Ega teng bo’lishi kerak. Bunday barqaror holatni quyidagicha yozishimiz mumkin.
fU=sE
Biz bu tenglamadan ishsizlikning barqaror darajasini topishda foydalanishimiz mumkin. Ishchi kuchi haqidagi tarifimizdan, E=L-U; bu ish bilan bandlar soni ishchi kuchidan ishszizlar sonini ayirganga teng. Agar barqarorlik sharoitida E ni (L-U) bilan almashtirsak, topamiz
fU=s(L-U)
2 Robert E. Hall, “A Theory of the Natural Rate of Unemployment and the Duration of Unemployment,”
Journal of Monetary Economics 5 (April 1979): 153–169.
Keyin, tenglamaning ikkala tarafini L ga bo’lamiz, qo’lga kiritish uchun
Endi, U/L yechamiz, topishimiz uchun
Bu esa quyidagicha yozilishi mumkin
Bu tenglama barqarorlik sharoitidagi ishsizlik darajasi job separation darajasi s va job finding darajasi f ga bog’liqligini ko’rsatadi. Job separation darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajasi ham shuncha yuqori bo’ladi.Job finding darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajsi shunchalik past bo’ladi. Mana quyida son bilan keltirilgan misollar Faraz qiling, ishlilarning 1 foizi har oyda ishini yo’qatadi (s=0.01). bu o’rtacha oganda ish 100 oy yoki taxminan 8 yil davom etadi deganidir. Yana faraz qiling, ishsizlarning 20 foizi har oyda ish topadi (f=0.20), shunday ekan ishsizlikning vaqt oralig’i o’rtacha 5 oy davom etadi. Demak, ishsizlikning barqaror darajasi
Bu misoldagi ishsizlik darajasi taxminan 5 foizni tashkil etadi. Ishsizlik tabiiy darajasining bunday oddiy modelida jamiyat siyosati uchun muhim ma’no mazmun bor. Ishsizlikning tabiiy darajasini pasaytirishni maqsad qildan har qanday siyosat yoki job separation darajasini kamaytirishi kerak yoki job finding darajasini ko’tarishui kerak. O’z navbatida, job separation va job finding darajasiga tasir qiladiagan har qanday siyosat shuningdek ishsizlikning tabiiy darajasini o’zgartiradi. Bu model ishsizlik darajasini job separation va job finding ga bog’lashda foydali bo’lsa ham, u markaziy savolga javob berishda oqsaydi: birinchi o’rinda nimaga ishsizlik bo’ladi? Agar har doim tezlik bilan ish topaolganda, unda job finding darajasi yuqori bo’lardi va ishsizlik darajasi olga yaqin bo’lardi. Ishsizlik darajasining bu modeli shuni taxmin qiladiki unda, ish topish bir onda sodir bo’ladigan narsa emas, ammo u nimaga deganni tushintirishda oqsaydi. Keying ikkita bo’limda, ishsizlikning ikkita yashirin sabablarini ko’rib chiqamiz: ish izlash va ish haqi barqarorligi3.
Ish izlash va Friksion ishsizlik
Friktsion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar joylarni o’zgartirish, o’quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo’lib, ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi.
Bazi bir friksion ishsizlik o’zgarayotgan iqtisodiyotda bo’lishi aniq. Ko’p sabablarga ko’ra, uy xo’jaliklari va firmalar talab qiladigan tovarlar turlari vaqt o’tishi bilan o’zgarib boradi. Tovarga bo’lgan talabning ko’chishi sabab, o’sha tovarlarni ishlab chiqaridigan mehnatga ham talab ko’chadi. Shaxsiy kompyuterlarning ixtiro qilinishi misol uchun, typewriter va typewriter ishlab chiqaruvchilarning mehnatiga talabni kamaytirdi. Ayni hozirgi davrda, elektronika sanoatidagi mehnatga talabni oshirdi.Shunga o’xshab, har xil hududlar har xil mahsulotlar ishlab chiqarganligi sababli ishchi kuchiga talab mamlakatning bir qismida oshayotgan, boshqa bir qismida tushayotgan bo’lishi mumkin.Yog’ narxidagi ko’tarilish yog’ ishklab chiqaruvchi shtatlardagi ishchi kuchiga talabning o’sishiga sabab bo’lishi mumkin, ammo neftning qimmat bo’lishi haydashni kam attractive qilgani bois, Michigan shtati kabi hududlarda avto-
3 N.Gregory Mankiw. Macroeconomics, Seventh edition. USA, 2009. p. 164-166.
ishlab chiqarishdagi ishchi kuchiga talabni kamaytirishi mumkin.Iqtisodchilar hududlar yoki sanoatlar orasidagi talabning tuzilishidagi o’zgarishlarni sohaviy ko’chish deb atashadi. Chunki sectoral shift lar har doim sodir bo’layapti va ishchilardan sectorni o’zgartirishga vaqt ketganligi sababli, har doim friksion ishsizlik mavjud bo’ladi. Sectoral shift lar job separation va friksion ishsizlikning yagona sababi emas. Qo’shimcha, ishchilar qachonki o’zlarining firmalari inqirozga uchrasa, ularning ish ijrolari yoki ularning o’ziga xos tajribalari ortiq zarur bo’lmasa o’zlarini kutilmaganda ishsiz topishadi.Ishchilar shuningdek karerasini o’zgartirish maqsadida yoki mamlakatning boshqa qismiga ko’chish uchun ishdan ketishlari mumkin.Ishdan ajralishning sabablariga qaramasdan, bu ishchilardan yangi ish toppish uchun vaqt va mashaqqat ketadi. Toki firmalar orasidagi ishchi kuchiga talab va taklif o’zgarayotgan ekan, friksion ishsizlikdan qochib bo’lmaydi.
Ko’pgina ijtimoiy siyosatlar ishsizlik qo’rquvini qisqartirish orqali ishsizlik darajasini pasaytirishga harakat qilishadi. Hukumat mehnat agentliklari ishchilar va ishlarni unumli qilish maqsadida bo’sh ish o’rinlarini elon qilishadi. Davlat tomonidan moliyalashtirilgan dasturlar ishchilarni inqirozga yuz tutayotgan sanoatdan rivojlanayotgan korxona tomon harakatini osonlashtirish maqsadida asos solingan.Agar bu dastur ish toppish darajasini oshira olsa ishsizlik darajasini pasaytira oladi. Ba’zi davlat dasturlari tasodifan ishsizlik qo’rquvini oshirib qo’yadi.Bularning biri bu ishsizlik sug’urtasi.Bu dastur asosida ishsizlar malum davr oralig’ida oz kasblaridagi maoshning malum bir qismini olishadi.Odatda ishchilar maoshining 50 foizini 26 hafta davomida olishadi.Ko’pgina Yevropa mamlakatlarida bu dastur ancha yuqoriroqdir.Bu dastur ishsizlik qo’rquvi va ishsizlik tabiiy darajasini oshiradi.Natijada bu dasturdan foyda olayotgan ishsizlar ish toppish uchun kamroq harakat qilib unchalik yaxshi bo’lmagan ish talablarini rad qilishadi.Bu ikki o’zgarish ham ish toppish darajasini qisqartiradi.Ular o’z daromadlari himoyalanganligini bilib turganliklari uchun ham ish toppish uchun kamroqq harakat qilishadi.Bu esa ishdan ayriish darajasini oshiradi.Ishsizlik darajasini oshiradigaan bu dastur siyosatning noto’gri tanlovi deb bo’lmaydi albatta.Bu dastur ishchilarning daromadlari noaniqligidan foyda oladi.Undan tashqari o’zlariga unchalik mos bo’lmagan ish takliflarini rad qilishlari o’zlari juda mos bo’lgan boshqa bir ishni topishlari uchun zamin yaratishi mumkin.Iqtisodchilar har doim ishsizlik darajasini kamaytiradigan ishsizlik sug’urtasini isloh qilishni taklif qilganlar.Bir odddiy takliflardan biri,ishdan haydaydigan korxonani ishsizlik sug’urtasidan keladigan to’liq daromad bilan taminlash.Bu usul 100 foizli tajriba deb ataladi chunki korxonalarning ishsizlik sug’urtaasiga to’laydigan puli to’lig’icha shu ishchilarning ishsizligini ko’rsatib beradi.Hozirgi ko’pgina dasturlar esa qisman tajriba darajasidadir.Bu dastur
asosida,korxona ishchini ishdan bo’shatganda bu holat qisman ishsizlikdan keladigan daromad evaziga qoplansa qolgan qismi dasturning umumiy daromadidan qoplanadi.Korxona bor yo’g’i maoshning bir qismini to’laganligi uchun ham mehnat talabi kam bo’lganda korxonalar ishdan bo’shatishga turtki paydo bo’ladi.Bu turtkini qisqartirish orqali taklif qilingan islohot doimiy ishdan chetlashtirishni qisqartirishi mumkin.4
Do'stlaringiz bilan baham: |