1-masala Jadval ma’lumotlari bo‘yicha quyidagilarni hisoblang:
a) xarajat oqimlari bo‘yicha YAIM hajmi;
b) daromad oqimi bo‘yicha YAIM hajmi (MHTning eski talqiniga ko‘ra);
v) SIM hajmi;
g) MD hajmi.
Mlrd.pul birl.
Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi
10
Sof eksport
20
Dividendlar
105
Korporatsiyalar foydasiga soliq
10
Tovar va xizmatlarning davlat tomonidan sotib olinishi
1000
Alohida qo‘yilmalardan daromad
340
Foiz
400
Ijara to‘lovi
25
YAlpi xususiy ichki investitsiyalar
610
YOllanma ishchilarning ish haqi
3140
Biznesga bilvosita soliqlar
400
Iste’mol qilingan kapital hajmi
500
SHaxsiy iste’mol xarajatlari
3300
2-masala YAIM 6000 pul birligiga, iste’mol xarajatlari 4200 pul birligiga, davlat xarajatlari 900 pul birligiga, sof eksport esa 120 pul birligiga teng.
Quyidagilarni hisoblang: a) yalpi va sof investitsiyalar hajmi;
b) eksport 450 pul birligiga tengbo‘lsa import hajmini;
v) amortizatsiya 200 pul birligiga teng bo‘lsa SIMni.
3-masala Taklif etilgan jadvalni tahlil qiling (ma’lumotlar taxminiy):
Yil
Nominal YAIM
(mlrd.pul birl.)
Deflyator
(% da)
Real YAIM
(mlrd.pul birl.)
1
2
3
4
5
1800
2400
3500
4200
6000
50
70
100
105
120
Quyidagi savollarga javob bering: 1. Nominal YAIM qanday ko‘ratkich hisoblanadi?
Real YAIM nominal YAIMdan qanday farq qiladi?
Deflyator nima, uni qanday hisoblash mumkin?
Jadvalning so‘ngi ustunini to‘ldiring.
4-masala Quyidagi ma’lumotlarga asosan yalpi ichki mahsulot va takroriy hisob qiymatini aniqlang:
Iqtisodiy jarayon bosqichlari
Qiymat (pul birl.)
«1-firma» xomashyo topadi
200
«2-firma» xomashyoni qayta ishlashga etkazadi
250
«3-firma» xomashyoni konstruksiyali matoga qayta ishlaydi
400
«4-firma» matoni yakuniy mahsulot tayyorlovchiga etkazib beradi
500
«5-firma» yakuniy mahsulotni ishlab chiqaradi
800
«6-firma» yakuniy mahsulotni ulgurji sotuvchiga etkazib beradi
900
«7-firma» mahsulotning chakana savdosini amalga oshiradi
1000
Umumiy savdo qiymati
4050
5-masala Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar bilan yoritilgan:
Iste’mol xarajatlari (S) = 2300;
YAlpi investitsiyalar (I) = 700;
Davlat xarajatlari (G) = 800;
Transfert to‘lovlari (TR) = 100;
Davlat qarzi bo‘yicha foiz to‘lash (N) = 100;
Soliqlar (T) = 800.
YAIM =YAMM deb taxmin qilinsin.
Hisoblang: a) shaxsiy jamg‘armalar;
b) davlat jamg‘armalari;
v) agar defitsit obligasiyalar chiqarish bilan 80%ga moliyalashtirilishi ma’lum bo‘lsa, davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun chiqarilgan davlat obligasiyalari qiymati va qo‘shimcha pul miqdori.
6-masala Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar bilan yoritilgan:
Iste’mol xarajatlari (S) = 2300;