1-masala Jadval ma’lumotlari bo‘yicha quyidagilarni hisoblang:
a) xarajat oqimlari bo‘yicha YAIM hajmi;
b) daromad oqimi bo‘yicha YAIM hajmi (MHTning eski talqiniga ko‘ra);
v) SIM hajmi;
g) MD hajmi.
2-masala YAIM 6000 pul birligiga, iste’mol xarajatlari 4200 pul birligiga, davlat xarajatlari 900 pul birligiga, sof eksport esa 120 pul birligiga teng.
Quyidagilarni hisoblang: a) yalpi va sof investitsiyalar hajmi;
b) eksport 450 pul birligiga tengbo‘lsa import hajmini;
v) amortizatsiya 200 pul birligiga teng bo‘lsa SIMni.
3-masala Taklif etilgan jadvalni tahlil qiling (ma’lumotlar taxminiy):
Yil
Nominal YAIM
(mlrd.pul birl.)
Deflyator
(% da)
Real YAIM
(mlrd.pul birl.)
1
2
3
4
5
1800
2400
3500
4200
6000
50
70
100
105
120
Quyidagi savollarga javob bering: 1. Nominal YAIM qanday ko‘ratkich hisoblanadi?
Real YAIM nominal YAIMdan qanday farq qiladi?
Deflyator nima, uni qanday hisoblash mumkin?
Jadvalning so‘ngi ustunini to‘ldiring.
4-masala Quyidagi ma’lumotlarga asosan yalpi ichki mahsulot va takroriy hisob qiymatini aniqlang:
5-masala Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar bilan yoritilgan:
Iste’mol xarajatlari (S) = 2300;
YAlpi investitsiyalar (I) = 700;
Davlat xarajatlari (G) = 800;
Transfert to‘lovlari (TR) = 100;
Davlat qarzi bo‘yicha foiz to‘lash (N) = 100;
Soliqlar (T) = 800.
YAIM =YAMM deb taxmin qilinsin.
Hisoblang: a) shaxsiy jamg‘armalar;
b) davlat jamg‘armalari;
v) agar defitsit obligasiyalar chiqarish bilan 80%ga moliyalashtirilishi ma’lum bo‘lsa, davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun chiqarilgan davlat obligasiyalari qiymati va qo‘shimcha pul miqdori.
6-masala Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar bilan yoritilgan:
Iste’mol xarajatlari (S) = 2300;