Hisoblang:
a) shaxsiy jamg‘armalar;
b) davlat jamg‘armalari;
7-masala
Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar orqaliifodalangan:
Iste’mol xarajatlari (S) = 1200;
YAlpi investitsiyalar (I) = 500;
Davlat xarajatlari (G) = 300;
Transfert to‘lovlari (TR) = 200;
Davlat qarzi bo‘yicha foiz to‘lash (N) = 100;
Soliqlar (T) = 400.
Sof eksport (Xn) = –100.
Quyidagilar nimaga teng?
a) xususiy jamg‘armalar;
b) davlat jamg‘armalari;
v) tashqi dunyo jamg‘armalari?
8-masala
Mamlakat iqtisodiyotidagi jamg‘armalar (S) real foiz stavkasiga bog‘liq (R):
S = 100 + 400R. Agar nominal foiz stavkasi 40% teng, narxlar oshishi sur’ati esa 30% ni tashkil etsa, u holda, jamg‘armalar nimaga teng bo‘ladi?
9-masala
Mamlakatning mehnatga yaroqli aholisining soni 80 million kishini, bandlar soni 50 million kishini va ishsizlar 5 million kishini tashkil qilsa, bu mamlakatda ishlik darajasi qanchani tashkil qiladi?
10-masala
Tuzilmaviy ishsizlik tarkibiga qish kelishi bilan ishini yuqotgan, qishloq xo'jaligida mavsumiy ishlayotgan dehqon kiritilmaydi. Agar mamlakat aholisining umumi soni 100 mln. kishini, mehnatga yaroqli aholi soni 85 mln. kishini, ishchi kuchiga kirmadiganla soni 27 mln. kishini, bandla soni 65 mln. kishini, tabiiy ishsizlik daragasi 6 % ni tashkil qilsa, davriy ishsizlik daragasi nimaga teng bo'ladi?
11-masala
Mamlakatda ishsizlar soni 12 million kishini va ishsizlik darajasi 8 % ni tashkil qilsa, bu mamlakatda bandlar soni qanchani tashkil qiladi?
12-masala
Mamlakat aholisining soni 95 million kishini, mehnatga yaroqli aholisining soni 85 million kishini va ishchi kuchiga qo'shilmaydiganlar soni 25 million kishini va ishsizlik darajasi 9 % ni tashkil qilsa, bu mamlakatda ishsizlar soni qanchani tashkil qiladi
13-masala
Agar mamlakat aholisining umumiy soni 110 mln. kishini, mehnatga yaroqli aholi soni 95 mln. kishini, bandlar soni 73,6 mln.kishini, faktik ishsizlik daragasi 8 % ni, friksion ishsizlar soni 3,2 mln. kishini, davriy ishsizlar soni 2 mln. kishini tashkil qilsa, tuzilmaviy ishsizlik daragasi nimaga teng bo'ladi?
14-masala
Iqtisodiyotdagi ishsizlikning tabiiy darajasi 6%, kutilayotgan inflyatsiya darajasi 3%. Haqiqiy YaIMning potentsial YaIMdan uzilish miqdori -10 ga teng. Tashqi narx shoklari mavjud emas. Inflyatsiya va ishsizlikning haqiqiy darajasini aniqlang.
15-masala
Iqtisodiyotda Fillips egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha: = e – 0,5(u – u*). Ishsizlikning tabiiy darajasi - 5,4%, kutilayotgan inflyatsiya darajasi - 4%. haqiqiy ishsizlik darajasi esa 3,6%. Inflyatsiyaning haqiqiy darajasini aniqlang.
16-masala
2018 yilda iste’mol narxlar indeksi (INI) 301ga, 2019 yilda esa 311ga teng bo‘lgan. 2017 yil asos qilib olingan yil deb hisoblanadi. 2019 yilda 2018 yilga nisbatan hamda asos qilib olingan yilga nisbatan inflyatsiya darajasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |