Pandemiya sharoitida O‘zbekistonning tashqi savdosi holati.
O‘zbekiston xozirgi davrda dunyoning 174 mamlakati bilan tashqi savdo sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Tashqi savdo aylanmasida eksportning ulushi 2021 yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra 9277,9 million AQSH dollarini (2020 yilning yanvar-avgust holatiga qaraganda 20,1% kamaygan) import esa 15 685,8 mln. AQSH dollarini tashkil etib, mos ravishda 20,9% ga ko‘paygan. Natijada tashqi savdoda passiv balans - 6407,9 mln. dollarni tashkil etdi.
2021 yili tashqi savdoda oltinsiz eksportni ko‘paytirilishi kuzatilmoqda. Mos ravishda oltinsiz eksport 5 803,5 million AQSH dollaridan 2021 yiliga kelib 7 891,4 million AQSH dollariga yoki 36% ga ko‘paydi. 2020 yili O‘zbekiston eksporti tarkibida oltin asosiy o‘rinni egallagan (33,8 foiz) edi. Shuni ta’kidlash kerakki oltin asosan Buyuk Britaniya va Shvesariyaga uning narhi ko‘tarilgan vaqtlarda sotildi va pandemiya sharoitida undan ustivor xaridlar amalga oshirildi, import talablarini bajarishda foydalanildi. Shu sababli 2020 yili O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotni ko‘payishiga (1,6 foizga ) erishgan dunyodagi sanoqli mamlakatlardan biri bo‘ldi.
.
3- jadval
Tashqi savdo aylanmasining strukturasi (2020 yanvar – avgustdan 2021 yil yanvar – avgustgacha mln. AQSH dollari)
Asosiy to‘rta tashqi savdo hamkorlarimiz Xitoy (19,2 %), Rossiya Federasiyasi (17,9%), Qozog‘iston (9,9%), Turkiya (8,6%) bo‘lib hisoblanadi.
4- jadval
O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari bilan tashqi savdo aylanmasi (2021 yil yanvar - avgust holati)
O‘zbekistonning asosiy 20 ta tashqi savdo hamkorlaridan Turkiya, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Tojikiston bilan aktiv tashqi savdo balansini kuzatish mumkin. Qolgan 16 mamlakatlar bilan esa passiv tashqi savdo balansini kuzatildi. Bu holat eksporter korxonalarni yanada qo‘llab qo‘vvatlash mexanizmlarini yaratishni davom ettirish kerakligini anglatadi. O‘zbekistonning 2021 yil yanvar-avgust holatiga ko‘ra tashqi savdo aylanmasi 24 963,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi. 2020 yilning shu davriga nisbatan 383,1 mln AQSH dollariga (1,6%) ko‘paydi. Eksportni ko‘paytirish salohiyati barcha vektorlarda mavjud.
“Harvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyat va nisbiy ustunliklarga ega. Ayniqsa, neftgaz-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmasevtika, qurilish materiallari, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziqovqat hamda “yashil iqtisodiyot” bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari iqtisodiyotimiz “drayverlari”ga aylanishi uchun barcha yetarli sharoitlar mavjud”.
Darhaqiqat yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarmoqlarning ekspor salohiyati ilg‘or korxonalar misolida namoyon bo‘lmoqda. Bu tarmoqlarda xususiy sektorning tashabbuslari va yangi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda kooperasiyani rivojlantirish bo‘yicha barcha choralar ko‘riladi.
Hozirgi kunda Gʻozg‘ondagi dekorativ toshlar, Namangandagi tayyor kiyimbosh, Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Texnopark kabi sanoat klasterlari o‘z samarasini ko‘rsatib, shu tizim afzalliklarini namoyon etmoqda.
O‘zbekistonning hududlar kesimida eng yuqori tashqi savdo aylanmasi Toshkent shahri – 9 967,6 mln AQSH dollari (39,9%), Toshkent viloyati - 3481,5 mln AQSH dollari va Andijon viloyatiga – 1 890,2 mln AQSH dollari to‘g‘ri kelmoqda.
MDH mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy savdo – 9 467,1 mln AQSH dollari, qolgan mamlakatlar bilan -15 496,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan. MDH mamlakatlariga eksport 3 280,4 mln AQSH dollari va import – 6 186,7 mln AQSH dollarini tashkil etmoqda. Rossiyaning O‘zbekiston bilan MDH mamlakatlaridagi tashqi savdodagi ulushi 47,2%ni tashkil etsa, Qozog‘iston bilan birgalikda 73,4%ni tashkil etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |