Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


II BOB. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVI DARAJALARI



Download 67,01 Kb.
bet5/10
Sana25.03.2022
Hajmi67,01 Kb.
#509306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi Iqtisodi globallashuv

II BOB. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVI DARAJALARI
2.1 Xalqaro mehnat taqsimoti. Insoniyat ehtiyojlarining o‘sib borishi
Jahon iqtisodiyotini globallashtirish jarayonlarining yuzaga kelishi va evolyutsiyasiga ta'sir ko’rsatuvchi asosiy omillar ichidan quyidagilarni keltirish mumkin:

  • mamlakatlararo o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning qat'iy kuchayishi; hozirgi kunda hech bir mamlakat o’z rivojlanishida jahon xamjamiyati va regressidan butunlay uzoq bo’lgan vaziyatda qolishni istamagan holda jahon iqtisodiyotidan tashqarida qolishi mumkin emas; keyingi vaqtlarda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarining iqtisodiy oshkoralik darajasi tez sur'atda oshib borishi; xalqaro savdo[3] va kapitalning mamlakatlararo harakatining o’sishi tufayli xalqaro iqtisodiy makonda yuz berayotgan milliy iqtisodiy jarayonlarga intensiv ta'sir ko’rsatishi;



  • tayyor mahsulotlarni mamlakatlararo almashtirish ulushi oshayotgan, agrar xom ashyo tovarlarini almashtirish esa xalqaro savdoni yanada ko’paytirayotgan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimotining yangi sifatining shakllanishi; ichki tarmoq savdosining solishtirma og’irligining o’sishi;



  • xalqaro moliyaviy bozor milliy sigmentlararo aloqalarning va yanada integratsiyalashgan global moliyaviy bozor shakllanishining kuchayishi;



  • xo’jalik hayotining xususiy va umumiy sub'ektlariga ega bo’lgan turli mamlakatlardagi hududiy tarmoq xo’jalik sub'ektlari o’rtasida doimiy aloqalarni qo’llab-quvvatlash uchun sharoit yaratadigan axborot va telekommunikatsiya inqilobi;



  • kuchli texnologik va moliyaviy resurslarga ega bo’lgan, butun dunyoda ishlab chiqarish va boshqa bo’linma hamda bo’limlarni joylashtirish, va shu tufayli mahalliy raqobatdosh afzalliklardan foydalanish samaradorligiga erishish imkonini beruvchi transmilliy korporatsiyalar faoliyat doirasini global ravishda kengaytirish;



  • rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarni xalqaro savdoga jalb qilinishining, xalqaro kreditlashtirish va investrlashtirishning, xalqaro mehnat migratsiyasining o’sib borishi;



  • jahon iqtisodiyoti sub'ektlari tuzilmasining asosiy murakkabligi – jahon arenasida milliy davlatlar va o’z faoliyati doirasida milliy afzallikka ega bo’lgan kompaniyalar bilan bir qatorda TMK lar va TMBlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, hududiy tashkilotlar, jumladan, integrallashgan uyushmalar, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, yirik shaharlar va xatto, alohida individlar (olimlar, madaniyat xodimlari, Dj. Sorosga o’xshagan ishbilarmonlar va boshqalar) ham faol ishtirok etishlari mumkin.



  • Globallashtirishning asosiy belgilari qanday? Ularga xalqaro mehnat taqsimoti xarakteridagi sifat o’zgarishlarini, TMK kabi jahon iqtisodiyoti sub'ektlarining ta'mir doirasi va faoliyat qamrovining o’sishini, global iqtisodiy jarayonlarga moslashtirish maqsadida milliy va xalqaro darajada iqtisodiyotni boshqarish tizimidagi o’zgarishlarni, davlatlararo va nodavlat xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tizimidagi vazifalarning o’zgarishini kiritish mumkin. Xalqaro iqtisodiy aloqalar xalqaro xo’jalik mavjud barcha tarkibiy qismlarining muhim shakliga aylanadi: hech bir, xatto eng kuchli davlatlar ham tashqi muhit bilan chambarchas bog’lanmagan, mutlaq etarlilik tartibida mustaqil rivojlana olmaydi.

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari. Alohida mamlakatlar va jahon hamjamiyati mamlakatlari guruhi uchun iqtisodiy globallashuv jarayonlarining natijalari haqidagi masalaning qo’yilishi tan olingan masala hisoblanadi. Bir tomondan, xalqaro iqtisodiyot nazariyasi xorijiy raqobatchilar uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdoning kuchayishi, moliyaviy resurslar va investitsiyalarning mamlakatlararo joylashtirilishi, xalqaro ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish, xalqaro ishlab chiqarishni oshirish uchun imkoniyatlar yaratishidan dalolat beradi. Natijada globallashtirish mazkur jarayonda ishtirok etadigan mamlakatlarning katta muvaffaqiyati bilan muvofiqlashadi.
Shu bilan bir vaqtda, xususan, globallashtirishning neoliberal modelining asosiy mazmuni bo’lgan xo’jalik hayotining keng qamrovli liberalizatsiyaning globallashtirish bilan birlashishi sharoitlarida global tovar va moliyaviy bozorlarda integrallashgan raqobatning kuchayishi raqobat kurashida kuchlilarga yon bosuvchi alohida kompaniyalar hamda alohida mamlakatlar uchun ham muqarrar risklarni anglatadi. Modomiki, rivojlangan mamlakatlar uchun globallashtirishning eng katta foydalari etarli darajada yuqori (aynan shu erlarda kuchli kompaniyalarining shtab-kvartiralari – jahon bozorlaridagi o’yinlar, shuningdek, sayyoraning asosiy ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyati, asosiy moliyaviy resurslar joylashgan), alohida ishlab chiqarishni qisqartirish, daromadlarni qayta taqsimlash, ijtimoiy tengsizlikning kutilayotgan o’sishi ko’rinishidagi risklar davlatning ijtimoiy siyosati bilan bo’lib-bo’lib kompensatsiya qilinadi.
Unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning eng zaif tomoni ularning bozorlaridan xorijiy moliyaviy kapitalning chayqov asosida nazoratsiz oqib kirishi va chiqib ketishidir. Keyingi o’n yillikning jahon tajribasi (1994-1995 yillardagi Meksikadagi inqiroz, 1997 yildagi xalqaro (Osiyo) inqirozi, Rossiya, Braziliya, Argentinadagi ketma-ket yuz bergan inqirozli o’zgarishlar) global moliyaviy kapitalning mamlakatlararo harakati rivojlanayotgan mamlakatlar va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar moliyaviy va jamg’arma bozorlarini qulatib, bu mamlakatlarning milliy valyutasi barqarorligini so’ndiribgina qolmay, shuningdek, mazkur mamlakatlar xo’jaligining real tarmog’ida juda salbiy tarzda aks etadi.
Globallashtirish jarayonlari ko’p hollarda ilg’or iqtisodiyotning rivojlanishi darajasini oshirishga va unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rnining kuchsizlanishiga olib keladi. Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog’liq bo’ladilar: zamonaviy texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda oshirib yuboradi, o’zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori malakali va o’qitilgan mutaxassislarning yo’qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin.
Globallashtirish jahon iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy qonunchiligini – uning tengsizligini bekor qilmaydi, undan, rivojlangan mamlakatlar guruhlari uchun jahon bozoridagi etakchilikning o’ziga xos kurashidan qochib qutilib bo’lmaydi. D. Marshall (Buyuk Britaniya) fikriga ko’ra, “shuni to’la ishonch bilan ta'kidlash mumkinki, mamlakatlararo shafqatsiz raqobat kabi tizimning bunday mohiyatli xarakteristikasi, etakchi rivojlangan mamlakatlarning jahonda etakchi o’rinni egallash uchun raqobatlashishi, barcha mamlakatlarning markazlashgan yoki pereferiy mamlakatlarga bo’linishi, zamonaviy kapitalistik tizim yanada integrlashib borayotganligiga qaramasdan o’zgarmay qolmoqda. Jahon kapitalizmi barcha mamlakatlarga muvaffaqiyatli rivojlanish uchun teng imkoniyatlarni yaratmagan va bundan keyin ham yaratmaydi. Yuqori daromad olish uchun kurash shundayligicha qolmoqda... jahon iqtisodiyoti esa xuddi avvalgidek, notekis rivojlanmoqda”[4].
Dunyodagi uch asosiy iqtisodiy kuch – AQSh, g’arbiy Yevropa (yoki yanada tor yondashuv bo’yicha Yevropa Ittifoqi) va Yaponiya o’rtasidagi raqobat birinchi navbatda texnologik rivojlanish, yuqori texnologiyalar – mikroelektronika, biotexnologiya, yangi materiallarni yaratish va boshqalar doirasida rivojlanadi.
Jahon banki tomonidan tayyorlangan, 2000-2001 yillardagi xalqaro rivojlanish haqidagi ma'ruza ma'lumotlariga ko’ra, dunyoning 20 ta eng boy mamlakati aholisining o’rtacha daromadlari 20 ta kambag’al mamlakatlarning o’rtacha daromadlarini 37 marta oshirdi. Bunda keyingi 40 yilda portlashlar ikki barobarga oshdi. Dunyoning beshta boy va beshta kambag’al mamlakatlari o’rtasidagi daromadlardagi uzilishlar esa 1990 yilda 60:1 va 1997 yilda 74:1 tashkil qildi. Fin eksperti K. Kilyunen fikriga ham qo’shilish mumkin, uning fikricha, “iqtisodiy tizim dunyoning 225 ta boy kishilarining jami boyligi 1 trln. dollardan oshganda sog’lom hisoblanishi mumkin emas, bu 47 % kishini tashkil etuvchi 2,5 mlrd. kambag’alning yillik daromadlariga teng ... sayyoraning uchta boy kishisining umumiy holati 48 ta rivojlangan mamlakatning jami YAIM ini oshiradi”[5]. Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar o’rtasida ziddiyat unchalik qat'iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bo’yicha).
AQSh jahon xo’jaligida o’z etakchiligini saqlab qolish va yanada oshirishga, o’z milliy masalalarini hal qilish uchun globallashtirishning neoliberal variantidan foydalanishga harakat qiladi.
Globallashtirishning, eng avvalo, moliyaviy foydasi, o’z hududida ta'sis qilingan (1960-1970 yillardayoq), alohida periferey mamlakatlar, offshor hududlar, xorij kapitalini jalb qilish maqsadida soliqdan ozod qilinganligini olishlari mumkin. To’rt asosiy hududiy guruhni birlashtiruvchi offshor hududlarning yaxlit pleyadasi yuzaga keldi. Karib havzasining offshor hududlari Nyu-york bilan bir vaqtinchalik mintaqada bo’lgan Shimoliy va janubiy Amerika mamlakatlariga xizmat qiladi. Fors ko’rfazi mamlakatlaridagi offshor hududlar Yaqin Sharqning neft qazib chiqaradigan mamlakatlariga xizmat qiladi.
Tinch okeanining Singapur, Gongkon, shuningdek, Vanuatu, Nauru va boshqa orol hududlari Tokio bilan bir vaqtinchalik mintaqada joylashgan Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarining moliyaviy kapitalidan foydalanadilar.
Globallashuv jarayoni ayniqsa moliyaviy va iqtisodiy sohada jadal sur`atlar bilan kechmoqda. U avvalo, tabiiy boyliklar va savdo bozorlari ustidan nazorat o`rnatish borasida raqobatning keskinlashuvida namoyon bo`ladi. Bu jarayonda davlatlar bilan bir qatorda transmilliy korporatsiyalar (TMK) ham etakchi o`rin tutadi.


Download 67,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish