O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Iqtisod fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi
“MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH” fanidan
“Jahon iqtisodiyoti globallashuvi darajalari: megadaraja, makrodaraja, mezodaraja, mikrodaraja” mavzusidan
KURS ISHI
Topshirdi: Qabul qildi: Iqtisodiyot fanlari doktori, prof. Vaxobov A
Toshkent-2022
Mundarija KIRISH……………………………………………..………..……………......…..3 I BOB. GLOBALLASHUV HAQIDA TUSHUNCHA…………………………5 1.1 Globallashuv va lokallashuv............................................................................5
1.2 Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi .......................................................8
II BOB. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVI DARAJALARI….14 2.1 Xalqaro mehnat taqsimoti. Insoniyat ehtiyojlarining o‘sib borishi.…….…..14
2.2 Transmilliy korporatsiyalar............................................................................19
2.3 Global mehnat bozori………………………………………………..…...…25
2.4 Globalizatsiyaning ikki yoqlama xarakteri…………………………….……28
2.5 Globallashuv va lokallashuvning o‘zaro ta’siri……………………….….…35
XULOSA…………………………………………………..……….……….........42 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………..…...44
KIRISH Muammoning dolzarbligi. Globallashuv jarayoni butun dunyoni qamrab olgan jarayonga aylandi. Bu muammoning dolzarbligi shundaki, zamonaviy dunyoda bir qator global muammolar mavjud. Ularni hal qilish uchun dunyoning barcha davlatlari, butun jahon hamjamiyatining birgalikdagi hamkorligi zarur. Bu jarayon ham hamma narsani qamrab oladi. Globallashuv insoniyat hayotining barcha jabhalariga kirib bormoqda. Globallashuv insoniyatga qanday ta'sir qiladi? Va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Globalizatsiya va butun jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yuzaga kelgan retsessiya jarayoni davom etayotgan bir vaqtda, hozirgi kunda yalpi ichki mahsulot hajmi bo`yicha dunyo davlatlari ichida ikkinchi o`rinni band qilgan, dunyoning eng yirik eksportyori Xitoyning oxirgi o`ttiz yildagi erishgan iqtisodiy yutuqlari ko`plab iqtisodchi, siyosatchi va boshqa sohadagi olimlarni asosiy o`rganadigan predmetiga aylanib ulgurgan.
Shuni ta’kidlash joizki, global muammolar hoh iqtisodiy bo’lsin, hoh ekologik yoki umuman boshqa tarmoqqa tegishli bo’lsin ular bir biri bilan uzviy hamda chambarchas bog’liqdir. Yurtboshimiz ta’kidlagandek “Asosiy maqsadimiz – yurtimizda erkin va obod, farovon hayot barpo etishdir”1. Bu maqsadlarga erishish uchun avvalambor dunyoda kechayotgan muammolarni chuqur anglash hamda davlatimiz muhitida ularni bartaraf etish yo’llarini yaratish lozimdir. Yurtimizda bu muammolarga yechim topish uchun avvalambor dunyoda yuz berayotgan muammoli jarayonlarni chuqur tahlil qilish hamda bu muammolarni yuzaga kelish sabablarini o’rganish zarurdir. Shu orqali davlat o’z iqtisodiyotida bu kabi muammolarga duch kemaslik choralarini oldindan aniqlay oladi va unga mos yechim topishi mumkin.
Ushbu kurs ishinining asosiy vazifasi hozirgi iqtisodiy globallashuv jarayonini savdo erkinligi, kapital harakatchanligi va to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalardagi asosiy elementlarini o'rganishdir. Bu elementlarning natijasi mahalliy hukumat asosan dunyodagi eng qoloq davlatlar hukumatlari qanday qilib globallashuvga yondashishsi kerakligi haqidagi taklif va tanqidlar berilishiga yo'l ochadi.Bu kurs ishining vazifasi empirik tarzda globallashuvning jamiyat uchun yaxshi va yomon taraflarini o'rganib, global integrallashuv jarayoniga to'g'ri yondashuvchi yo'lni topishda xizmat qilishdir.