Deflyatsion siyosat. Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga yo’naltirilgan xolda, o’z ichiga byudjet mablag’larini axoliga kamroq ishlatish, baxolarni va ish xaqlarini muzlatish kabilarni qamrab oladi. Uning eng asosiy instrumentlaridan biri bo’lib, moliyaviy va pul-kredit choralari hisoblanadi: byudjet taqchilligini kamaytirish, Markaziy bankning hisob stavkalarini o’zgartirishi (diskont siyosati) kredit cheklovlari, pul muassasining o’sib borishiga chegara qo’yish. Iqtisodiypasayish, ishsizlikning yuqori ko’rsatkichi va to’la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari sharoitida deflyatsiya siyosatini qo’llash, ishlab chiqarish va bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining turmush darajasiga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatib, vaziyatni yumshatish bo’yicha tezkor chora-tadbirlar qo’llanilmasa, ijtimoiy nizolar kelib chiqadi.
Devalvatsiya -milliy valyuta kursining pasaytirilishi. Bu tadbir milliy eksportni rag’batlantirish va importni jilovlash bilan bo’gliq maqsadlarda amalga oshiriladi. Ammo, to’lov balansini tartibga solishda devalvatsiyaning roli, uni o’tkazish tartiblari va ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog’liq bo’ladi.
Valyuta cheklovlari -ushbu tadbir eksport qiluvchilaring xorijiy valyutalardagi tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiyvalyutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, u valyuta operatsiyalarni maxsus ruxsatnomaga ega bo’lgan banklarda amalga oshirilishi hamda to’lov balansidagi taqchillikni kamaytirish maqsadida, kapital eksportini chegaralash va uning oqib kelishini rag’batlantirish, tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig’indisidir.
Moliya va pul–kredit siyosati. To’lov balansidagi taqchillikni bartaraf etish maqsadida eksport qiluvchilarga byudjet subsidiyalari beriladi, protektsionistik (ichki ishlab chiqaruvchilarni himoyalash) maqsadlarida import bojlari oshiriladi, mamlakatga pul oqimining kirib kelishini rag’batlantirish maqsadida qimmatli qog’ozlar egasi bo’lgan xorijliklardan olinadigan soliqlarni bekor qilish kabi chora-tadbirlardan keng foydalaniladi. Shuningdek, pul–kredit siyosati, bank xisob siyosati va muomaladagi pulning massasini belgilash tadbirlari yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
2 - Rasm. Tashqi savdo balansi tovarlar eksporti va importi orasidagi farqi.
To’lov balansining maxsus moddalarini shakllantirishjarayonida davlat tomonidan ko’rsatiladigan maxsus ta’sir choralar — savdo balansi, «ko’rinmas»operatsiyalar xamda kapitallar xarakati xisobvaraklari buyicha olib boriladi.Savdo balansi - tartibga solishning muxim ob’ekti bo’lib xizmat kiladi.Hozirda davlat nazorati, nafakat muomala soxasini, balki eksport tovarlari ishlab chiqarish jarayonini xam o’z ichiga kamrab olmokda.Sotish bosqichida tovarlar ekportini rag’batlantirishga, faqatgina ularning narxiga ta’sir ko’rsatish orqali erishishmumkin. Eksport qiluvchilarning tovarlarni eksport qilishdagi qiziqishini jonlantirish maqsadida, davlat ularga eksport kreditlarini beradi, ularni iqtisodiy va siyosiy risklardan sug’urtalaydi, kapitalni imtiyozli amortizatsiya qilishga sharoit yaratadi va boshqa moliyaviy imtiyozlarni taqdim etadi. Jaxon bozoridagi raqobatning kuchayib borishi bilan, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tartibga solish borasida tarmoq ichidagi ixtisoslashuvni kuchaytirish va milliyfirmalarni xorij firmalari bilan kooperatsiyalashuvini amalga oshirish lozim bo’ladi. Xalqaro ixtisoslashuvni kuchaytirish maqsadida, barcha mamlakatlarda xukumat kichik va o’rta biznesvakillarining eksport faoliyatini rag’batlantirmoqda5.
Do'stlaringiz bilan baham: |