Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning eng ko‘p qo‘llaniladigan shakllaridan biri inkasso bo‘yicha hisobkitoblardir. Bunday shakl kamida uchta iqtisodiy kontragent: xaridor, sotuvchi va ushbu operatsiyani amalga oshiradigan tijorat bankining mavjud bo‘lishini nazarda tutadi. Agar xalqaro bitim (ya’ni, turli mamlakatlarga mansub kontragentlar qatnashuvchi bitim) bo'yicha
to‘lovlarni amalga oshirishda hisob-kitobning bu uslubi tanlangan bo‘lsa, unda mazkur operatsiyani bajarish jarayonida, odatda, ikkita bank: eksportchi banki va importchiga xizmat ko'rsatuvchi bank ish olib boradi.
Inkasso operatsiyasining amalga oshirilishida bank o‘z mijozining
topshirig‘iga ko‘ra uning biznes bo‘yicha sherigidan yuklab jo'natilgan
tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to'lovni oladi. Bank bu mablag‘larni eksportchining hisobvarag‘iga o‘tkazadi. Ushbu hisobkitoblarning amalga oshirilishi uchun iqtisodiy kontragentlar muayyan tovarlarni tovar xaridorining manziliga yuklab jo ‘natishga doir bitimni tuzishi zarur. Shundan so‘ng sotuvchi o'ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka bu bitimni tasdiqlovchi va bankni iqtisodiy kontragentlar tuzgan bitimning muddatlari, shartlari va hajmlari haqida xabardor qiladigan hujjatlarni taqdim etadi. Bankka taqdim etilishi zarur bo'lgan hujjatlarning muayyan t.irkumi mavjud, Bunday ro‘yxat aniq bankning talablariga va shu davlat bank tizimining o ‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq tuziladi. Turli banklar hududida joylashgan bir necha banklar haq to‘lashni amalga oshirishida boshqa davlatdagi banklar qo‘yadigan talablarni hisobga olish zarur. Bunday talab shu bilan bog‘liqki, ushbu inkasso operatsiyasini o ‘tkazishning navbatdagi bosqichi xaridor banki bilan sotuvchi banki o ‘rtasida tegishli hujjatlarning berilishidan iborat. Shundan keyin xaridor banki hujjatlarga muvofiq summani sotuvchi bankiga o‘tkazadi, sotuvchi banki pul mablag‘larini bevosita tovarni sotuvchining hisobvarag‘iga o'tkazadi.
Inkasso bo'yicha hisob-kitoblar ikki turda: oddiy inkasso va hujjatli inkasso bo‘ladi.
Oddiy inkasso to'lovnmg shunday tizimiki, unda to‘lovning undirilishi inkasso shartlari asosidagi bitimning tuzilganligini tasdiqlaydigan moliya hujjatlari olinganida amalga oshiriladi.
Hujjatli inkasso to'lovning oluvchiga haqi tolangan tovarning yetkazib berilishi yuzasidan ayrim kafolatlar beriladigan tizimga kiradi. Bunday kafolatlar tolovning o'tkazilishi amalga oshirilishida faqat inkasso shartlari asosidagi bitimning tuzilganligini tasdiqlaydigan tegishli hujjatlar va yuk bilan birga yuboriladigan tijorat hujjatlari olinganida beriladi. Shunday qilib, inkasso bo'yicha hisob-kitoblarning amalga oshirilishi shartlari amaliy sheriklarning bir-biriga ishonishi darajasiga qarab o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari, tovarning o‘ziga xos xususiyati ham faqat tovar yuk bilan birga yuboriladigan hujjatlar
xaridorga yetib kelganidan keyin tolashning obyektiv zarurligini keltirib
chiqarishi mumkin. Bu ushbu tovarni saqlash muddatlarining cheklanganligi va tashish sharoitlarining og‘irligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tovar yetkazib beriladigan yo'l o'tadigan hududda jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lganida shunday qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |