To‘lov talabnomalari-topshiriqnomalari yordamidagi hisob-kitob iqtisodiy kontragentlar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarning yana bir uslubi hisoblanadi. Ushbu hisob-kitob shakli kamida uchta subyekt: yetkazib beruvchi, xaridor va ushbu subyektlar o'rtasidagi hisob-kitobni amalga oshiradigan bankning mavjud bo'lishini nazarda tutadi. Bundan tashqari, agar korxonalar turli banklarning xizmatlaridan foydalanadigan bo‘lsa yoki hududiy jihatdan turli mamlakatlarda joylashgan bo‘lsa, unda subyektlar-bitim qatnashchilari soni pul mablag‘larini yetkazib beruvchining bankiga yetkazish uchun zarur banklar soniga ko‘payadi.
Hisob-kitoblarning bu shakli shuni nazarda tutadiki, bank bitim qatnashchilari o'rtasidagi shartlarning barcha jihatlari ko‘rsatilgan hujjatlarga ega bo'ladi. Shunday qilib, korxonalar bankka oddiy topshiriqnomani berishdagi kabi haq to ‘lash muddatlarini tanlashda unchalik erkin bo‘lishmaydi. Bunday holda bitimga doir muayyan kafolat afzallik hisoblanadi, chunki bank odatda, ushbu bitimning imkoniyatlarini tekshiradi va to'lovni eng qulay tarzda amalga oshiradi: yetkazib beruvchi bilan to‘lovchi o ‘rtasidagi rasmiylashtirilgan shartnomaga binoan naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli - to‘lov talabnornalari- topshiriqnomalarini rasmiylashtiradi.
Ushbu operatsiyani bajarishda bank samaradorligining katta rol o'ynashi natijasida bank xatolaridan himoyalanish b o ‘yicha muayyan tizim qaror topadi. Bunday tizim mijozlarning hisobvaraqlari bo'yichi bank operatsiyalarini nazorat qilish va noinsoflikdan himoya qilish uchun zamr. Bank Fuqarolik kodeksiga muvofiq topshiriqnomaning ijro etilmasligi yoki Iozim darajada ijro etilmasligi uchun quyidagicha mas’uliyatni o ‘z zimmasiga oladi:
1) bank mijozning topshirig'ini ijro qilmaganida yoki lozim darajada ijro qilmaganida qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha va miqdorlarda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
2) mijozning topshirig‘i ijro qilinmasligi yoki lozim darajada ijro
qilinmasligi hollari to‘lovchining topshirig'ini ijro etish uchun jalb etilgan bank hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini buzganligi bilan bog‘liq boMgan hollarda, buning uchun javobgarlik sud tomonidan shu bank zimmasiga yuklanganida;
3) agar bankning hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini buzishi pul mablag‘larining noqonuniy ushlab qolinishiga olib kelsa, unda bank qonunda nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda
foizlarni to‘lashi shart.
Shunday qilib, bank o‘z majburiyatlarini bajarmagan, deb e ’tirof
qilinishi mumkin va bunday holda pul mablag'larini qaytarilishini yoki zararning o‘rnini qoplashni kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |