2.3 O’zbekistonda iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
Global tovar bozorlaridagi noaniqlik va beqaror vaziyatni, ko‘plab yirik mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasaygani hamda boshqa jiddiy tahdidlarni e’tiborga olib, Davlat o‘z iqtisodiy siyosatini qanday murakkab sharoitlarda amalga oshirishi kerakligini yaxshi anglaydi.Shuning uchun makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘zini oqlagan chora-tadbirlar va mexanizmlardan foydalanish masalalari ustuvor vazifa sifatida saqlanib qoladi.Umuman olganda, mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifalarini amalga oshirish yo‘lida 2017- yil 7- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida makroiqtisodiy kompleksda o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar mavjudki, Harakatlar strategiyasida ushbu muammolarni bartaraf etish ko‘zda tutilgan.
Bunday muammolarga milliy valyuta va ichki baholarning barqarorligi, valyuta kursining mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir etishi, tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z ixtiyoridagi xorij valyutadan erkin foydalana olmayotgani, naqd va naqd pulsiz to‘lovlarda farqning ma10vjudligi, tijorat banklarining barqarorligi va moliyaviy holatini mustahkamlash, aholining banklarga bo‘lgan ishonchini oshirish kabilar iqtisodiy rivojlanishga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.
Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda bu borada qator chora- tadbirlarni amalga oshirish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilmoqda.
2017 - 2021- yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. Xalq xo'jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o'zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste'mol bilan jamg'arish fondi o'rtasida eng maqbul mutanosiblikni ta'minlash asosiy o'rin tutadi. Iste'mol fondining eng maqbul darajasiga erishish ichki bozorda talab bilai taklif o'rtasida nomutanosiblikni ta'minlash muhim rol o'ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko'proq e'tibor beradi.Bozor iqtisodiyotiga o'tish darida iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e'tibor beriladi.Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e'tibor berib, bunda o'z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan foydalanish ko'zda tutiladi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlar sifatida qaraladi. jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda inflyatsiyaning past darajasini, aholining optimal bandligini ta’minlashi zarur.
Soliq siyosati tor ma’noda makroiqtisodiy barqarorlik va mustahkam iqtisodiy o’sish, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni va bosqichma-bosqich valyuta bozorini erkinlashtirish, aholining barqaror moddiy farovonligini ta’minlash va ijtimoiy himoyasini oshirish kabi umumdavlat makroiqtisodiy vazifalarini ta’minlashga yo’naltirilgan.
Soliq siyosatini amaliyotda amalga oshirish nuqtai nazaridan birlamchi vazifalar o’rtasida to’g’ri muvofiqlikni aniqlash muhim hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, soliq siyosati doirasida umumiy strategiyani ishlab chiqish bilan bir qatorda navbatdagi amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlarga faqat to’g’ri urg’u berish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin.
Bozor munosabatlariga o’tishning muayyan bosqichi vazifalariga mos ravishda byudjet-soliq siyosati instrumentlari ham o’zgarib boradi. Milliy iqtisodiyotimizni isloh qilishning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri davlat byudjeti daromad va xarajatlari muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.
Davlat byudjet-soliq siyosatining strategik vazifasi davlat xarajatlarini tuzilmaviy qayta qurishni, daromadlarning yangi manbalarini izlab topishni, iqtisodiy mustaqillikni va oxir-oqibatda aholi farovonligining oshishini ta’minlash uchun rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga maqsadli ta’sir ko’rsatishni yo’naltirishdan iborat. Bunda byudjet-soliq siyosati davlatning byudjet daromadlarini byudjet xarajatlari tarkibiy tuzilishining o’zgarishiga qarab shakllantirish, daromadlarni oqilona sarflash mexanizmini ishlab chiqish sohasidagi siyosat tushuniladi.
Davlat byudjet siyosati davlat daromadlari va xarajatlarini ratsional shakllantirish, byudjet bo’g’inlari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda mahalliy byudjetlar manfaatlarini muvofiqlashtirib turishni ta’minlashi lozim. Ayni paytda, byudjet-soliq siyosati ishlab chiqarishni o’stirishga hamda uning samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini ko’paytirishga qaratilgan bo’lishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq siyosatining asosiy vazifasi iqtisodiyotda ishlab chiqarish darajasining pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ishlab chiqarishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish bo’lib hisoblanadi Buning uchun soliq siyosati sohasida soliq stavkalarini pasaytirish, yangi investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini berish, tezlashtirilgan amortizatsiyani qo’llash kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
O’zbekistondagi soliq siyosatining xarakterli xususiyatlari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:
-hukumat ijtimoiy-iqtisodiy va byudjet-soliq siyosatining o’zaro bog’langanligi va bir-birini to’ldirishi;
-soliq siyosatining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy yuksalishini rag’batlantirishga erishish hamda uni mustahkamlashga yo’naltirilganligi;
-soliq yig’imini oqilona usulda tashkil etish va soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini ta’minlash;
-byudjet xarajatlarining ijtimoiy maqsadlarga yo’naltirilganligi.
Bir butun olgan mamlakat hukumati tomonidan o’tkazilayotgan soliq siyosati davlat xazinasi bilan soliqlarning rag’batlantiruvchi roli va byudjet xarajatlarining eng maqbul tuzilmasi o’rtasidagi o’zaro nisbatning samaradorligiga erishish imkonini yaratdi. O’z navbatida, daromadlar bo’yicha byudjetning barqaror va to’laqonli ijrosi byudjetda belgilangan barcha tadbirlarni o’z vaqtida va to’la moliyalashtirishni ta’minlaydi. Makroiqtisodiy jihatdan esa davlatning samarali byudjet-soliq siyosati investitsiya iqlimini yaxshilash, moliyaviy barqarorlik, pul va moliya bozorlari rivoji, korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish va aholining real daromadlari o’sishiga imkon beradi. Davlat o‘z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat budjetiga tayanadi.
Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo‘lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo‘lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin.
Davla11t budjeti daromadlari soliq va soliq bo‘lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud.
Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to‘lovlari) ko‘paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko‘rsatish, baholar ustidan nazorat o‘rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‘rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.
Subsidiyalar - bu, pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam turi bo‘lib, budjet va budjetdan tashqari fondlardan ko‘rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo‘yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag‘lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi.
XULOSA
Ushbu kurs ishi orqali men o’zimga kerakli malumot va bilimlarni oldim va ularni kelajakda qo’llashimda ushbu olgan bilimlarim as qotadi degan umiddaman Barcha mamlakatlar singari O‘zbekiston Respublikasida ham makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning qisqa muddatli prognozlarini tuzishda turli manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borib, moliyaviy dasturlash uslubiyatlaridan har tomonlama foydalanadilar. Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiyotning barqaror o‘sishi hamda aholi faravonligi oshishining kafolatidir. Mamlakatda inflyasiya darajasini pasaytirish Markaziy banklarning bosh maqsadiga aylangan. Inflyasiyaning yuqori darajada namoyon bo‘lishi iqtisodiy o‘sishning sekinlashiga va aholi daromadlarining real qiymatining tushib ketishiga olib keladi. Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo'lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishiga muqarrar qilib quyadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo'lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanish butunlay inqirozga uchrashiga chap berish uchun ishlab chiqarshi chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o'zgartirishiga, ya'ni tangli hodisalariga barham berishga yo'naltiriladi. Rsspublikada barqarorlashtirish siyosatidan ko'zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanati saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajadaa pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga no'l ko'ymasliqdan iborat bo'ladi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasining boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to'lov balansini bir me'yorda saqlash kabi maqsadlarni ham uz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |