Makroiqtiodiyot fanidan iqtisodiy o’sish tushunchasi, uning mohiyati va o’lchanishi


Iqtisodiy o‘sish turlari, ko‘rsatkichlari



Download 144,21 Kb.
bet3/9
Sana01.06.2023
Hajmi144,21 Kb.
#947303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xudoyqulov M. kurs ishi

2. Iqtisodiy o‘sish turlari, ko‘rsatkichlari va omillari.

Iqtisodiy o‘sish bu yalpi milliy mahulot mutloq hajmning aholi jon boshi va iqtisodiy resurs birligi hisobiga nisbiy miqdorining ko‘payishi hamda sifat o‘lchamlarining borishidir. Ishlab chiqarish natijalarining o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.


Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning mavjud texnikaviy asosi saqlanib dolgan holda iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirib borish orqadi erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxonalar bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha huddi o‘shancha korxonalar ko‘riladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining yaxshilanishida o‘z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirishga ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikka, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda ro‘y beradi. Shu sababli ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o‘sish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lganligi sababli uni baholash uchun qandaydir bitga ko‘rsatkich kifoya qilmaydi, balki muayyan ko‘rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar tizimida o‘lchamdagi va klimat ifodasidagi ko‘rsatkichlar farqlanadi. Iqtisodiy o‘sishning jismoniy o‘lchamdagi ko‘rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), lekin universal emas, ya’ni har xil o‘lchamdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab umumiy ko‘rsatkichga keltirish qiyin. Klimat ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan xuliq “tozalash” mumkin bo‘lavermaydi. Shu sababli ko‘pincha iqtisodiy o‘sish sur’atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sish quyidagi qiymat ko‘rsatkichlarida hisoblanadi:

    1. YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning mutloq hajmi va ularning o‘sish sur’atlari.

    2. YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori va uning o‘sish sur’atlari.

3. YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga turli keladigan miqdori va uning o‘sish sur’atlari.
Iqtisodiy o‘sishni baholashda har uchala ko‘rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha.
Agar diqqat markazida mamlakat iqtisodiy salohiyati muammosi tursa, birinchi ko‘rsatkichdan foydalanish ko‘proq mos keladi. Alohida mamlakat va hududlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko‘proq ikkinchi ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko‘rsatkichga ustuvorlik beriladi.
Odatda iqtisodiy o‘sish sur’ati % (foiz)da joriy yildagi real YaMM (SMM, MD) ni bazis davridagi hajmiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar bir qator kamchiliklarga ham ega.
Birinchidan, ular mahsulot sifatining o‘zgarishini to‘liq aks ettirmaydi va shu sababli farovonlikning xaqiqiy darajasini to‘liq xarakterlab berolmaydi:

  • Ikkinchidan, real Ya MM va uning aholi jon boshiga o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi.

Uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni qiymat ko‘rsatkichlarda miqdoriy hisoblash boshqa tomonlama uning atrof-muhitga va insonning hayot sharoitiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.

  • Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi jismoniy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat bo‘lib, ular ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda miqdori, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi va shu kabilar hisoblanadi.

Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
a) Ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya’ni uning unumdorligi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat;



Download 144,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish