Chanoqning qiyshiq o
‘
lchamlarini
qiyshiq toraygan chanoqlarda
o‘lchashga to‘g‘ri keladi.
Chanoq asimmetriyasini aniqlash uchun quyidagi qiyshiq o‘l-
chamlar aniqlanadi.
1. Bir tomonning oldingi yuqori o‘sig‘i bilan ikkinchi tomon-
ning orqadagi yuqori o‘sig‘i o‘rtasidagi masofa va aksincha. Bu
o‘lcham lateral konyugata ham deyiladi.
2. Simfizning yuqori chekkasidan o‘ng va chap tomondagi
yuqori o‘sig‘igacha bo‘lgan masofa.
3. Dumg‘aza usti chuqurchasidan o‘ng va chap tomonning ol-
dingi yuqori o‘sig‘igacha bo‘lgan masofa.
Bir tomonning qiyshiq o‘lchamlari ikkinchi tomonning qiyshiq
o‘lchamlariga solishtirib ko‘riladi. Chanoq normal tuzilgan bo‘lsa,
juft qiyshiq o‘lchamlar uzunligi bir xil chiqadi. Qiyshik o‘lcham-
lar tafovutining 1 sm dan ortishi chanoq asimmetriyasidan gu-
vohlik beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |