Vorsinkali parda
(xorion) trofoblast bilan mezoblastdan taraq-
qiy etadi. Vorsinkalar avvaliga tomirsiz bo‘lib, homiladorlik I oyi-
ning oxiridayoq ularga allantoisdan tomirlar o‘sib kiradi.
Dastlabki vaqtda vorsinkalar homila tuxumining butun yuzasini
bir tekis qoplaydi. Homiladorlikning II oyida xorionning
decidua
capsularis
ga taqalib turgan qismidagi vorsinkalar atrofiyalana
boshlaydi, homiladorlikning III oyida xorionning o‘sha qismidagi
vorsinkalar yo‘qoladi, natijada xorion silliq bo‘lib qoladi (
chorion
laeve
). Xorionning
decidua basalis
ga taqalib turadigan qarama-
qarshi tomonida – vorsinkalar sershox bo‘lib o‘sib chiqadi (
chorion
frondosum
). Xorionning shu qismi platsentaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |