Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

Tuxumdon sikli. 

Giðofizda ishlab chiqiladigan gonadotrop

gormonlar ta’sirida tuxumdonda davriy takrorlanuvchi o‘zgarishlar

ro‘y beradi, bu o‘zgarishlar uch fazaga bo‘linadi: a) follikulaning

yetilishi – follikulyar faza, b) yetilgan follikulaning yorilishi –

ovulatsiya fazasi, d) sariq tananing rivojlanishi – lyutein fazasi.

Follikulaning yetilish jarayoni hayz ko‘rish siklining birinchi

yarmi, ya’ni 28 kunlik siklda 14 kunni, 21 kunlik siklda 10–11

kunni tashkil etadi.

Follikulaning yetilish jarayonida uning tarkibidagi hamma

bo‘laklar: tuxumhujayra, donador parda, qo‘shuvchi to‘qima par-

dasi katta o‘zgarishlarga uchraydi.

Tuxumhujayra 5–6 baravar kattalashadi, uning yuzasida shi-

shasimon parda (



zona pellucida

) hosil bo‘ladi, protoplazmasida

murakkab o‘zgarishlar ro‘y beradi. Tuxumhujayra ikki karra

bo‘lingandan keyin uzil-kesil yetiladi. Yetilish davridagi birinchi

bo‘linishda katta-kichik ikki hujayra vujudga keladi. Asosiy, katta

hujayra o‘z o‘rnida qoladi (kichkinasi uloqtirib tashlanadi) va ha-

demay ikkinchi marta bo‘linadi, ayni vaqtda tuxumhujayradan xro-



57

mosomalarning yarmi uloqtirib yuboriladi. Reduksion bo‘linish

deb ataladigan ikkinchi bo‘linishdan keyin tuxumhujayra yetilib,

urug‘lanishga yaroqli bo‘ladi.

Follikulyar epiteliy (donador parda) yetilish jarayonida proli-

feratsiyalanadi (hujayralar ko‘payadi), bir qavatli epiteliydan

ko‘p qavatli epiteliyga aylanadi, follikulaning donador pardasi

(

membrana granulosa folliculi

) hosil bo‘ladi. Donador pardaning

hujayralari dastlab tuxumhujayra bilan qo‘shuvchi to‘qima pardasi

o‘rtasidagi jami kamgakni to‘ldiradi. So‘ngra hujayralar to‘p-

lamining markazida suyuqlik bilan to‘la bo‘shliqlar hosil bo‘ladi;

bora-bora bo‘shliqlar qo‘shilib bitta bo‘ladi, bu yagona bo‘shliq

follikulyar suyuqlik (



liquor folliculi

) degan tiniq suyuqlik bilan

to‘ladi.

Follikulyar suyuqlik to‘plan-

gan sayin donador parda hu-

jayralari tuxumhujayraga va fol-

likula devoriga surilaveradi. Do-

nador pardaning tuxumhujay-

rani o‘rab turgan hujayralari

nurafshon toj (



corona radiata

)

deb ataladi. Nurafshon toj bilan



o‘ralgan tuxumhujayra donador

pardaning devori yoqalab yot-

gan hujayralar to‘plami ustida

turadi. Bu hujayralar to‘plami

tuxumli do‘mboqcha (

cumulus

ovigerus

) deb ataladi (13-rasm).

Yetilgan tuxumhujayra folliku-

laning yetilish paytigacha tu-

xumli do‘mboqchadan uzoqlashib, follikulyar suyuqlik ichida turadi.

Follikulada estrogen (follikulyar) gormoni hosil bo‘ladi. Bu

gormon organizmga har tomonlama murakkab ta’sir ko‘rsatadi.

Follikula yetilgan sayin uning qo‘shuvchi to‘qima pardasi taraq-

qiy etadi. Bitta qo‘shuvchi to‘qima pardasi o‘rniga ikkita parda hosil

bo‘ladi: ichki parda (



theca interna

) hujayra elementlariga va

kapillarlarga boy tashqi parda (

theca externa

) tolali bo‘lib, yirikroq

tomirlari bor. Yetilayotgan follikula kattalashadi, qutbi tuxumdon

yuzasi ustida do‘ppayib chiqa boshlaydi. Tuxumdon to‘qimasining

shu joyi yupqa tortadi.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish