Trixomoniazga surtma olish algoritmi:
Trixomoniaz diagnostikasi uchun “Tirik tomchi” usulidan,
bo‘yalgan yoki maxsus ozuqa moddaga ekilib urchitilgan parazitni
o‘rganish mumkin.
Eng ko‘p tarqalgan va oson usul “Tirik tomchi” usulidir.
Tirik tomchi olish algoritmi:
Bemor beligacha yalong‘och holda ginekologik kresloga yotqiziladi.
1. Qin ko‘zgulari yordamida bachadon bo‘yni ochiladi.
2. Uchiga paxta o‘ralgan shisha tayoqcha yoki platina sterjinni
fiziologik eritmaga botirib olinadi.
3. Qinning orqa gumbazidan surtma olib buyum shishachasiga
tomiziladi.
4. Qoplagich oynacha bilan yopilib mikroskopda ko‘zdan
kechiriladi.
5. Agar mikroskop ostida harakatlanib yurgan parazit – trixo-
monos ko‘rinsa, demak, trixomonoz kasalligi tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |