Chuqur dezinfeksiya.
Qaynatish, bug‘ yoki kimyoviy dezinfek-
tantlar bilan ishlov berish orqali ba’zi bakterial endosporalardan
tashqari barcha mikrooganizmlarni yo‘qotish jarayonidir.
Qin epiteliysi sitologiyasini aniqlash
Ko‘rsatmalar:
– hayz funksiyasining buzilishi (aminoreya, anovulyator, hayz
sikli, giðo-, giðermenstrual sindrom);
– bepushtlik;
– jinsiy a’zolar giðoplaziyasi.
Tekshiruv maqsadi:
ayol organizmi rivojlanishi, jinsiy yetuklik
uchun zarur bo‘lgan estrogen va progesteron gormonlari bilan
ta’minlanish darajasini aniqlash.
O‘quvchi bajarishi kerak:
– qin orqa gumbazidan surtma olish;
– surtmani buyum oynachasiga surish;
– surtmani quritish;
– surtma olish uchun kerakli asboblarni jamlash;
– mikroskop orqali surtmani ko‘zdan kechirish;
– surtmani laboratoriyaga yo‘llanma yozib tekshiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |