lig‘lanishidir. Kasallikning klinik belgilari tug‘ruqdan keyin 3–4-
kuni yuzaga chiqadi. Tana harorati ko‘tariladi, puls tezlashadi
maydi. Kasallik boshlarida junjib ham qo‘yadi. Bachadon palpatsi-
yada bezillab turadi. Subinvolutsiya (teskari taraqqiy etish jarayoni)
sekinlashadi, loxiyalar loyqa, qonli-yiringli bo‘lib qoladi. Loxi-
yalar ba’zan sassiq bo‘ladi. Bachadonning orqaga qayrilishi yoki
qoladi (loxiometra).
ahvoli yomonlashadi, qorinning pastida tez-tez og‘riq tutadi.
tuzalib ketadi.
299
Metroendometrit subfebril harorat bilan yengil o‘tishi mumkin.
Metroendometrit og‘ir o‘tganda septik infeksiyaning tarqalish
o‘chog‘i bo‘lib xizmat qiladi.
Davosi.
Bemor yotqizib qo‘yiladi, qornining pastiga muzli xalta
qo‘yiladi, autogemoterapiya qilinadi, venaga kalsiy xloridning 10% li
eritmasi 10 ml dan 1–2 kun oralatib yuboriladi yoki 10% li eritmasi
kuniga 3–4 mahal 1 osh qoshiqdan ichiriladi, sulfanilamid preparat-
lar sutkasiga 5–6 mahal (har 4 soatda) 0,5–1 g dan beriladi, pe-
nitsillin 3–4 soatda 1 mahal 100 000–500 000 birlik hisobida yuboriladi.
Chilladagi metroendometrit, septik kasallik bo‘lish bilan birga,
so‘zak oqibatida kelib chkqishi ham mumkin. Bachadon bo‘ynining
shilliq pardasi so‘zakdan yallig‘langan ayollar tuqqandan keyin
gonokokklar bachadon bo‘shlig‘iga kirib, metroendometritga sabab
bo‘ladi. Gonokokklar keyinchalik bachadon naylariga kirib, ularni,
tuxumdonlarni va chanoqning qorin pardasini yallig‘lantirishi mumkin.
So‘zak metroendometriti tug‘ruqdan keyin 6–8-kunda quyidagi
simptomlar bilan yuzaga chiqadi: tana harorati ko‘tariladi, bacha-
don involutsiyasi to‘xtab qoladi, bachadon bezillab og‘riydi, yi-
ringli yoki shilimshiq-yiringli chiqindi keladi. Diagnozni aniqlash
uchun bachadondan kelgan chiqindi mikroskopda tekshiriladi.
Organizmga har 3–4 soatda 100000 – 500000 birlik hisobida pe-
nitsillin yuborish va sulfanilamid preparatlar ichirish so‘zak metro-
endometritini davolashda yaxshi natija beradi.
So‘zak bo‘lgan bemorlarni shunday parvarish qilish kerakki,
bolaga va tuqqan boshqa xotinlarga infeksiya yuqish ehtimoli bartaraf
qilinsin. Ayolning tagi eng oxirida yuviladi; tuqqan ayolning indi-
vidual tuvak tutishiga, bola emizishdan oldin qo‘lini tozalab yuvi-
shiga ko‘z-quloq bo‘lib turiladi.
MÅTRIT
Metroendometritga qarama-qarshi o‘laroq, metrit (
metritis
)da
miometriyning chuqur qavatlari zararlanadi. Mikroblar yallig‘langan
endometriydan qon va limfa yo‘llari orqali miometriyga kiradi.
Kasallik tug‘ruqdan keyin 4–7-kuni yuzaga chiqadi va 3–4 hafta
davom etadi. Kasallik boshlarida ayol qaltirab, harorati 39–40°
gacha ko‘tariladi, keyinchalik subfebril bo‘lib qoladi.
Bemorning umumiy ahvoli, uyqusi, ishtahasi yomonlashadi,
bosh og‘rig‘i bezovta qiladi. Bachadon involutsiyasi to‘xtab qoladi,
300
bachadonning, ayniqsa ikki yon tomonining (tomirlar bo‘ylab)
bezillab turganligi palpatsiyada aniqlanadi. Loxiyalar qonli-yiringli
yoki seroz-yiringli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: