ma hosil bo‘ladi. Gematoma o‘sgan sayin bachadonning muskul
chiqadi. Platsenta barvaqt ko‘chganda ichiga qon ketadi, ammo ret-
250
bachadon devori bilan pardalar orasidan bachadon bo‘ynining
kanaliga tomon yo‘l ochib boradi. Shu sababli platsenta barvaqt
ko‘chganda, ichga qon ketishiga tashqi qon oqishi ham qo‘shiladi.
Platsenta ortidagi gematoma katta bo‘lganda va ayol juda kamqon
bo‘lib qolganda ham, tashqi qon oqishi aksari yuqori darajaga yet-
maydi.
Platsentaning to‘liq va talaygina qismi ko‘chishi ona va homilaga
katta xavf tug‘diradi. Onaning qon yo‘qotishi va bachadonning o‘ta
cho‘zilishi munosabati bilan kelib chiqadigan shok o‘lim xavfini
tug‘diradi; homila ko‘pincha asfiksiyadan halok bo‘ladi. Platsenta-
ning uchdan bir qismi ko‘chganda homila asfiksiya xavfida qoladi,
platsentaning yarmi yoki hammasi ko‘chganda esa homila tug‘il-
masdan turib tez o‘lib qoladi.
Platsentaning to‘liq yoki anchagina qismi ko‘chganda, klinik
manzara quyidagi bir qancha og‘ir simptomlar bilan ta’riflanadi.
1. Ayol qorni doimo qattiq og‘rib turishidan noliydi, teri va
shilliq pardasi bo‘zargan, puls – tezlashgan yumshoq, arterial
bosimi pasaygan bo‘ladi.
2. Platsenta ortidagi gematoma o‘sganda bachadon ichidagi bo-
sim oshadi va bachadon devorlari cho‘zilib ketadi. Shu sababli
bachadon kattalashadi, konsistensiyasi zich (yog‘ochday qattiq
bo‘lishi mumkin), shakli ovoid yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Platsenta to‘la ko‘chganda bachadonning gematoma tomondagi de-
vori bo‘rtganidan bachadon asimmetrik bo‘lib qolishi mumkin.
Bachadon palpatsiya qilinganda juda ham bezillab turadi.
3. Bachadon juda ham taranglashganligi sababli homila qismlari
arang paypaslab topiladi yoki qo‘lga unnaydi, yurak urishi buziladi
yoki to‘xtaydi, homila qimirlamaydi.
4. Ayol tug‘ayotgan bo‘lsa, dard tutayotgan vaqtidagina emas,
pauzalarda ham homila pufagining juda taranglashganligi qayd qi-
lindi. Homila tug‘ilgach, ko‘chgan platsenta darrov tushadi, jinsiy
yo‘llaridan platsenta bilan birga bir talay suyuq qon va laxtalari
oqib tushadi.
O‘ta cho‘zilgan bachadon yaxshi qisqarmaydi, shu sababli
tug‘ruqdan keyingi dastlabki soatlarda bachadon atoniya munosa-
bati bilan qon yo‘qotish ko‘pincha davom etadi.
Davosi.
Platsenta barvaqt ko‘chganda kechiktirmasdan malakali
yordam berish kerak: 1) tug‘ruqni tezlik bilan avaylab tugallash;
2) o‘tkir anemiya va shokka qarshi kurash.
251
Platsenta homiladorlik vaqtida yoki bachadon bo‘ynining teshigi
ochiladigan davrning boshlarida ko‘chgan bo‘lsa, kesar kesish qi-
linadi, chunki bunda homilani tabiiy tug‘ruq yo‘llaridan tez olishga
shart-sharoit bo‘lmaydi.
Bachadon teshigi chala ochilgan, qon kam ketayotgan va ona
bilan homilaning ahvoli qoniqarli bo‘lsa, homila pufagi yirtiladi,
platsentaning yanada ko‘chishi to‘xtab, tug‘ruq normal tugallanishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: