5. To
‘
liq abort
(
abortus completus
) homila tuxumi bachadon
bo‘shlig‘idan batamom chiqqanda (homila tuxumi
ba’zan yaxlit chiqadi) to‘liq abort yoki tugallan-
gan abort deyiladi (115-rasm). To‘liq abortda
bachadon qisqaradi, bachadon bo‘ynining kanali
berkiladi, qon oqishi to‘xtaydi.
Homiladorlikning dastlabki oylarida to‘liq abort,
kech oylarga qaraganda kamroq uchraydi. Ilk abort-
da, bachadondan shikastlanmagan homila tuxumi
chiqib ketgan taqdirda ham, desidual parda aksari
bachadonda qoladi. Qolgan desidual parda uzoq vaqt
qonli chiqindini kelishiga, infeksiya avj olishga sabab
bo‘ladi (
desidual endometrit
). Shu sababli homila-
dorlikning ilk oylarida to‘liq abortdan keyin desidual
pardani olib tashlash uchun bachadonni qirish tavsiya etiladi. Kech
to‘liq abortda bachadonni qirish zaruriyati tug‘ilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |