Tug
‘
ruq kompleksining sanitariya tartibi.
Tug‘ruq kompleksi
binosi namunali darajada toza tutilishi lozim. Bino yiliga kamida bir
marta ta’mirlanadi. Barcha palatalar, yo‘laklar, sanitariya uzellari va
boshqa yordamchi binolar kuniga kamida ikki marta ho‘llab tozala-
nadi va shamollatiladi. Tug‘ruq bo‘limi va yangi tug‘ilgan chaqa-
loqlar yotadigan palatalar havosi muntazam ravishda bakteriologik
tekshiruvdan o‘tkazib turiladi. Tug‘ruq bo‘lmasi, tug‘ruqdan oldin-
gi palata, tuqqan ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yotadigan
palatalar har 7–10 kunda sinchiklab sanitariya qayta ishlovidan
o‘tkaziladi. Palatalar navbat bilan bo‘shatiladi, bir kecha-kunduz
shamollatiladi, so‘ngra moyli bo‘yoq surtilgan devorlari, pollari,
derazalari, tumbochka va krovatlar sovunlab yuviladi, tarkibida
xlor bo‘lgan eritma bilan artiladi. Krovatlarga toza matras, choy-
shab va adyollar yoziladi; devorlar va jami mebelga kvars-simob
lampasidan nur tushiriladi, bu esa tug‘uvchi ayollar va yangi
tug‘ilgan chaqaloqlarga ishlatilgan narsalarni yuqumsizlantirishga
yordam beradi.
Tug‘ruq krovatiga oq kleyonka va toza choyshab yozib qo‘yiladi.
Har bir ayol tug‘gandan keyin kleyonka yuviladi, dezinfeksiyalov-
chi eritma bilan artiladi. Tug‘ruq vaqtida krovatga steril choyshab
yoziladi. Tuqqan ayollar yotadigan palatalarda quyidagicha sanitariya
ishlovi o‘tkaziladi. Tuqqan ayol uyiga jo‘natilgach, krovat yuviladi,
matras, yostiq va adyol 12—24 soat shamollatiladi, mumkin qa-
dar oftobga yoyiladi. Chilla davri (tug‘ruqdan keyingi davr) isitma
bilan o‘tgan bo‘lsa, matras, yostiq va adyol dezinfeksiya qilinadi.
Matras ustidan yozilgan kleyonka iliq suvda sovunlab yuviladi,
so‘ngra lizoform yoki xloramin eritmasi bilan dezinfeksiyalanadi.
Foydalanilgan choyshab, ko‘ylak, kir sochiq va salfetkalar
maxsus yashiklarga yig‘iladi (bu yashiklar maxsus «kir kiyim»
xonasida turadi) va mumkin qadar tezroq kirxonaga topshiriladi.
Tug‘ruq kompleksining kiyim-kechagi boshqa davolash muassasa-
larining kiyim-kechagidan alohida yuviladi, bu esa infeksiyaning
oldini olish uchun juda muhim. Kiyim-kechak qaynatilib, keyin
dazmollanadi. Toza kiyim-kechak maxsus shkaflarda, steril kiyim-
kechak maxsus qutilarda (barabanlarda) saqlanadi. Tuqqan ayol-
35
larning kiyim-kechagi, choyshablari tez-tez, kir bo‘lgan sayin
yangilanadi; tagiga yoziladigan tagliklar kuniga kamida 2–3 marta
almashtiriladi. Tagliklar ostidan solinadigan kleyonkalar kuniga 2–
3 mahal almashtiriladi va yuviladi. Kleyonkalar iliq suvda cho‘tka
bilan sovunlab yuviladi, chayiladi, dezinfeksiyalovchi eritma (xlo-
ramin, lizoform) bilan yuviladi, quritiladi va ishlatguncha steril
qopda saqlanadi.
Tuvaklarni sterillash chilladagi kasalliklarning oldini olish
uchun muhim ahamiyatga egadir. Tug‘uvchi va tuqqan har bir
ayolga sterillangan alohida tuvak tutiladi. Tuvakni tutishdan oldin
suvga yuviladi, maxsus bakda 10–15 daqiqa qaynatiladi, toza ba-
chokda yoki steril qopda saqlanadi. Tutilgan tuvaklar bo‘shatilib,
oqib turgan suvda yuvilgach, dezinfeksiyalovchi eritma (xloramin,
lizoform) bilan chayiladi va krovat tagidagi tirgakka qo‘yiladi. Tuq-
qan ayollar tagini tozalaganda jinsiy yo‘llarga infeksiya kiritmaslik
qoidalariga rioya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |