To
‘
lg
‘
oq.
Tug‘ruqning haydovchi kuchlaridan ikkinchisi –
to‘lg‘oq – qorin pressi va diafragma ko‘ndalang-targ‘il muskullari-
ning qisqarishidan iborat. Bachadon bo‘yni, parametral kletchatka
va chanoq tubining muskullaridagi asab elementlariga homilaning
oldinda yotgan qismi ta’sir etishi natijasida refleks yo‘l bilan
to‘lg‘oq tutadi.
To‘lg‘oq ixtiyordan tashqari tutadi, ammo tug‘uvchi ayol
to‘lg‘oqni ma’lum darajada boshqara oladi. Tug‘uvchi ayol to‘lg‘oqni
akusherning ko‘rsatmasi bilan kuchaytiradi yoki kamaytiradi.
To‘lg‘oq vaqtida qorin ichidagi bosim ko‘tariladi. Ayni vaqtda
bachadon ichidagi bosimning ko‘tarilishi
(dard tutishi)
va qorin
ichidagi bosimning ko‘tarilishi
(to
‘
lg
‘
oq)
shunga olib keladiki,
bachadon ichidagi homila va yo‘ldosh qarshilik kam tomonga,
ya’ni kichik chanoq tomonga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |