Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

o



tkazuvchi

(yetakchi) 

nuqta 

hisoblanadi.

Oldinda yotuvchi qismda joylashib, chanoq og‘ziga birinchi

bo‘lib tushadigan, ichki burilish vaqtida oldinda boradigan va jinsiy

yoriqdan birinchi bo‘lib ko‘rinadigan nuqta 

o



tkazuvchi nuqta 

deb

ataladi.


Homila boshi bukilishi tufayli chanoqqa endi to‘g‘ri o‘lcham

(12 sm) o‘rniga eng kichik o‘lcham, ya’ni kichik qiyshiq o‘lcham

(9,5 sm) bilan kiradi. Homila boshi chanoqning hamma tekislikla-

ridan va jinsiy yoriqdan shu kichraygan aylanasi bilan o‘tadi. Dia-

metr 

subocciðito-bregmatica

 – 9,5 sm.



Ikkinchi moment

 – homila boshining ichki burilishi (



rotatio

capitis interna

). Homila boshi oldinga qarab ilgarilanma harakat qiladi

(pastga tushadi) va ayni vaqtda bo‘ylama o‘q tevaragida buriladi. Shu

payt ensasi (va kichik liqildog‘i) oldingi simfiziga, peshonasi (va

katta liqildog‘i) esa orqaga, dumg‘aza tomon buriladi (76-rasm, 

a

).

75-rasm. 

Òug‘ruq biomexanizmining birinchi momenti:

a

–tug‘ruq mexanizmining birinchi momenti–homila boshining bukilishi; 



b

chanoqdan chiqish teshigi tomondan ko‘rinishi.



a                                                  b


146

Chanoq og‘zida ko‘ndalang (yoki picha qiyshiq) o‘lchamda turgan

o‘q-yoysimon chok endi o‘z vaziyatini sekin-asta o‘zgartiradi. Homila

boshi chanoq bo‘shlig‘iga tushayotganda o‘q-yoysimon chok qiyshiq

o‘lchamga o‘tadi (76-rasm, 

b

); birinchi pozitsiyada o‘ng qiyshiq

o‘lchamga, ikkinchi pozitsiyada chap qiyshiq o‘lchamga o‘tadi.

Chanoqdan chiqish teshigida o‘q-yoysimon chok shu teshik-

ning to‘g‘ri o‘lchamiga mos keladi. Homila boshining ichki burilishi

chanoqdan chiqish teshigining to‘g‘ri o‘lchamida o‘q-yoysimon

chokning qaror topishi bilan tugaydi, pastga tushgan kichik liqil-

doq ayni vaqtda to‘ppa-to‘g‘ri simfizga qaragan bo‘ladi (77-rasm,



va 


b

). Homila boshi chanoq bo‘shlig‘idan (chanoq og‘zidan to

chiqish teshigigacha) o‘tayotganda aksari 90° li yoy bo‘ylab ayla-

nadi. Ensa ichki burilishgacha picha oldinga qaragan bo‘lsa – bosh

45° buriladi, ensa picha orqaga qaragan bo‘lsa – bosh 135° buriladi.

Shunday qilib, homila boshining ichki burilishida o‘q-yoysimon

chok chanoq og‘zining ko‘ndalang o‘lchamidan chanoq bo‘sh-

lig‘ining qiyshiq o‘lchamiga, qiyshiq o‘lchamdan esa chanoqdan

chiqish teshigining to‘g‘ri o‘lchamiga o‘tadi.

Homila boshining ichki burilishini turli sabablarga bog‘lashadi.

Harakatlanib borayotgan boshning chanoq o‘lchamlariga moslanish

nazariyasi ko‘proq tarqalgan. Bu nazariyaga muvofiq, homila boshi

eng kichik aylanasi (kichik qiyshiq o‘lcham bo‘yicha aylanasi) bi-

lan chanoqning eng katta o‘lchamlaridan o‘tadi. Chanoq og‘zida

ko‘ndalang o‘lcham, chanoq bo‘shlig‘ida qiyshiq o‘lcham, cha-

noqdan chiqish teshigida to‘g‘ri o‘lcham eng katta o‘lcham hi-

soblanadi; homila boshi shunga yarasha ko‘ndalang o‘lchamdan qiy-

shiq o‘lchamga va so‘ngra to‘g‘ri o‘lchamga o‘tayotib buraladi.



76-rasm. 

Òug‘ruq biomexanizmining ikkinchi momenti:



a

 –  homila boshining ichki burilishi; 



b

–chanoqdagi chiqish teshigi tomondan

ko‘rinishi. O‘q-yoysimon chok chanoqning o‘ng tomondagi qiyshiq o‘lchamida turibdi.

a                                                b



147


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish