HAYZ KO
‘
RISH SIKLI
Balog‘atga yetgan, ammo bo‘yida bo‘lmagan ayol organizmida
to‘g‘ri, navbat bilan takrorlanuvchi murakkab o‘zgarishlar ro‘y
beradi, bu o‘zgarishlar ayol organizmini homiladorlikka tayyorlaydi.
Biologik nuqtayi nazaridan muhim rol o‘ynaydigan, ritmik ravishda
takrorlanadigan bu o‘zgarishlar
hayz ko
‘
rish sikli
deb ataladi.
Hayz ko‘rish siklining davom etish muddati har xil bo‘ladi.
Aksariyat ayollarda sikl 28 kun (4 hafta) davom etadi, ba’zi bir
ayollarda 21 kun (3 haftacha), ba’zilarda aksincha 30–35 kungacha
davom etishi mumkin. Davomiyligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar
har safar ritmik ravishda bir vaqtda keladigan hayz sikli fiziologik
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |